Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya 7-1 Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal

Yekaterinburg-2019. Mirazizbek Mirzaxalilov 3 karra jahon chempionini mag‘lub etdi!

Yekaterinburg-2019. Mirazizbek Mirzaxalilov 3 karra jahon chempionini mag‘lub etdi!

Baho:
+ | -

Jahon chempionatiga 57 kg. vaznda yo‘l olgan Mirazizbek Mirzaxalilov finalda kubalik Lasaro Alvaresga qarshi ringga ko‘tarildi.

Farg‘onalik bokschi avvalgi janglarida bo‘lgani kabi bu safar ham 3 karra jahon chempioniga qarshi tajovuzkor va hujumkor uslubni tanladi. Mirzaxalilov e’tiborni kuchli zarbalarga qaratgan bo‘lsa, Lasaro uzun qo‘llari orqali qarshi hujumda ishlashga harakat qildi.

Ikkinchi raund tugashiga 37 soniya qolganida hakam o‘yinni to‘xtatdi. Boisi, Alvaresning yorilgan qoshidan qon oqishi to‘xtamadi. Ikki raund natijalari bo‘yicha hakamlarning baholari — 3:2 (20:18, 19:19*, 18:20, 20:18, 20:18).

O‘z faoliyatida ilk marta jahon chempionatida ishtirok etgan Mirazizbek Mirzaxalilov oltin medalni qo‘lga kiritdi. Yuqorida aytilganidek, u hal qiluvchi jangda 3 karra jahon chempionini mag‘lub etdi!

Shu tariqa, yana bir bokschimiz Yekaterinburgdagi jahon chempionatida O‘zbekiston delegasiyasi hisobiga ikkinchi oltin medalni keltirdi.

G‘alaba muborak! Yana 2 nafar o‘zbekistonlik bokschi ishtirokida final janglari kutib turibdi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 19:44, 21.09.2019.
O'qildi: 5406 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик