Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Mana buni transfer desa bo‘ladi

Mana buni transfer desa bo‘ladi

Baho:
+ | -

Hozirda klublar kuchli futbolchini qo‘lga kiritish uchun katta summadan voz kechishlari shart. Ba’zan esa, ko‘rimsizgina narx evaziga sotib olingan futbolchilar jamoaning muhim figuralaridan biriga aylanadi. Bugun ana shunday futbolchilar haqida qisqacha

Serj Gnabri

“Arsenal”da o‘zini ko‘rsata olmagan futbolchi ortga qaytadi va “Verder” klubida o‘z faoliyatini tiklashga harakat qiladi. Futbolchi “Verder” safidagi o‘yinlari orqali “Bavariya” jamoasi qiziqishlari doirasiga tushib qoladi va keying mavsumni “Gollivud” safida boshlaydi. “Bavariya” Serj uchun 8 million yevro to‘lgan bo‘lsada, hozirda uning narxi 60 milliongacha ko‘tarilgan. Bundan tashqari, Robben ketgach, muxlislar aynan Gnabri uning o‘rnini egallashiga ishonishmoqda.

Suso

Ispaniyalik futbolchi katta futbolga aynan “Livepul” jamoasida kirib kelgan bo‘lsada, jamoaning asosiy tarkibiga kirib olishni uddalay olmgan edi. Keyinchalik klub futbolchini “Milan”ga atigi 1 million yevro evaziga sotib yuboradi. Italiya klubi futbolchini avvaliga bir mavsum “Jenoa”ga ijaraga beradi va darrov ortga qaytaradi. Hozirda “Milan”ning chinakam yetakchsi sanaladigan Susoning transfer narxi 40 million yevroga teng

Kazimiro

“Real Madrid” transfer bozorida o‘zining fantastic haridlari bilan yaqqol ajralib turadi. Shu kunga qadar “qirollik klubi” yulduz futbolchilar uchun millionlarni ayagan emas. Shunday bo‘lsada, mana bir necha yillardan beri jamoadagi eng muhim vazifani bajaruvchi Kazimironing transferi bundan mustasno. Hozirda 65 million yevroga baholanadigan futbolchi uchun “qaymoqranglilar” atigi 7,5 million yevro to‘lashganiga ishonish qiyin.

Kalidu Kulibali

“Napoli” Kulibalini “Genk” klubidan sotib olganida, senegallik futbolchi 22 yoshda edi. O‘sha davrda nomdor bo‘lmagan himoyachi uchun 7,5 million yevro to‘lash chinakam tavvakaldek ko‘ringan bo‘lsa, ajab emas. Hozirda Kalidu dunyoning eng kuchli himoyachilaridan biri sanaladi va uning transfer qiymati 75 million yevroga teng! Marko Veratti Italiyalik futbolchi jamoa safiga Ibrahimovich, Lavezzi, Lukas Moura singari super yulduzlar bilan bir vaqtda taklif etilgani bois hech kim unga e’tibor qaratmagan edi. Oradan vaqt o‘tib aynan

Veratti

jamoaning asosiy futbolchisi bo‘lib yetishini hech kim tasavvur ham qilmagan bo‘lsa kerak. PSJ Veratti uchun 12 million yevro to‘lash orqali bie necha yillardan beri o‘z maydon markazidagi muammolarni bartaraf etishga muvaffaq bo‘lmoqda. Hozirda Verattini qo‘lga kiritishni istagan klublar 75 million yevrodan voz kechishlari shart.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 13:04, 24.09.2019.
O'qildi: 20387 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.