Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/11 05:00 Urugvay - Kolumbiya
14/11 05:00 Peru - Chili
14/11 14:10 Avstraliya 0-0 Saudiya Arabistoni
14/11 17:00 KXDR 2-3 Eron
14/11 19:00 Bahrayn 0-1 Xitoy
14/11 19:00 Kuvayt 1-3 Janubiy Koreya
14/11 21:00 Ummon 1-0 Falastin
14/11 21:15 Iroq 0-0 Iordaniya
14/11 21:15 Qatar 3-2 O‘zbekiston
14/11 21:15 BAA 3-0 Qirg‘iziston
15/11 02:00 Venesuela 1-1 Braziliya
15/11 04:30 Paragvay 2-1 Argentina
15/11 05:00 Ekvador 4-0 Boliviya
15/11 17:00 Indoneziya 0-4 Yaponiya

14 yoshgacha bolalar o‘rtasida “Mahallaga mahalla” turniri: Turnir kim tomonidan, qanday va nima uchun o‘tkazildi?

14 yoshgacha bolalar o‘rtasida “Mahallaga mahalla” turniri: Turnir kim tomonidan, qanday va nima uchun o‘tkazildi?

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Biz Yashnobod tumanidagi mahallalardan biridagi oddiy mahalla stadioniga keldik. Futbol maykalaridagi bir nechta bolakaylar darvoza oldida mashg‘ulot o‘tkazayotgan edilar.

Xuddi katta futbolchilardek bir-birlari bilan bahslashib, raqiblarini qanday qilib mag‘lub etish haqida tortishishayotgan edilar. Bu bolakaylar esa, Coca-Cola ko‘magi bilan Toshkentda o‘tkazilayotgan katta turnir ishtirokchilari ekan.

Birozdan keyin ushbu maydonga ikkinchi jamoa, undan keyin esa haqiqiy futbol hakamlari va jamoalar murabbiylari kirib kelishadi. Yosh futbolchilar bir-birini olqishlash uchun maydonga saf tortishadi. Hakam hushtagi yangragandan keyin bahs boshlanadi. O‘rtaga final bosqichi yo‘llanmasi, shuningdek turnir bosh sovrinini qo‘lga kiritish imkoniyati tikilgan. Ammo, futbolchilar har bir bosqichda shunday ishtiyoq bilan o‘ynashdiki, ular sovrin uchun emas, katta futbolga yanada yaqinroq kelish uchun o‘ynashgandek.

- Futbol to‘garagiga meni birinchi marta onam birinchi sinfda paytimda olib kelganlar. Shundan buyon doimiy ravishda shug‘ullanib kelaman va bir kun jahon chempionatida milliy terma jamoa safida o‘ynashni istayman, - deydi Yashnobod tumanidagi mahallalardan biri tarkibida o‘ynayotgan 14 yashar Bekzod Ahmedov. Ishonmasligingiz mumkin, ammo menga futbolda mashg‘ulotlar jarayoni yoqadi. Murabbiyning texnika, taktika va turli usullar haqidagi ko‘rsatmalari va ulardan maydonda foydalanish juda yoqadi. Asosan, maktabdagi maydonda, ko‘proq esa mahallamiz stadionida shug‘ullanamiz. Jamoa safida o‘ynash juda yoqimli. Asosiysi, futbolchilar bilan maydonda nimalar qilish haqida kelishib olamiz va maydonda shuni amalga oshirishga harakat qilamiz.

Bunday suhbat ko‘cha futboliga boshqacha nazar solishga undaydi.

Bu futbol – jiddiy, sodda va beg‘uborligi bilan sizni sehrlaydi. Muhlislari, qoidalari va missiyasi bilan boshqachadir. Aynan mana shu stadionlarda, chekka tumanlardagi mahallalar va maktablardagi stadionlarda futbolni birlashtiruvchi va bolakaylarning orzularini ro‘yobga chiqaruvchi sehr bordek.

Coca-Cola, O‘zbekiston Futbol Assosiasiyasi hamda Professional Futbol Ligasi tomonidan “Mahalla” hayriya jamg‘armasi ko‘magida o‘tkazilayotgan ushbu turnirda 14-15 yoshgacha bo‘lgan jami 4500 nafar bolalar qatnashmoqda.

Turnirning saralash bosqichida Toshkentning 11ta tumanidan jami 508ta mahalla jamoasi ishtirok etdi.

Final bosqichi 29 sentyabr kuni Toshkent shahridagi “O‘zbekiston” sport majmuasiga qarashli maydonda o‘tkaziladi.

Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 18:04, 24.09.2019.
O'qildi: 2767 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.