Barcha mashxur va sovrindor futbolchilarning barchasiga JCHda ishtirok yetish nasib yetavermaydi. Ba’zilari kuchsiz terma jamoada to‘p surgani bois mundialdan chetda qolsa, ayrimlarga bu borada sira omad kulib boqmagan. Bugun o‘z faoliyati davomida biror marotaba JCHda ishtirok yetmagan ko‘zga ko‘ringan futbolchilar haqida so‘z boradi.
Massimo Abrozini

“Milan” klubi safida 18 ta mavsumni o‘tkazgan yarim himoyachi mundial borasida chinkam omadsizlar sirasiga kiradi. Avvaliga Janubiy Korey ava Yaponiyada bo‘lib o‘tgan futbol bayramini jarohati rufayli o‘tkazib yuborgan bo‘lsa, Italiya uchun chempionlik bilan yakunlangan Germaniyadagi JCHga 2 oy qolganida oyoq barmoqlarini sindirib oladi va ajoyib sport formasida bo‘lsada Mundialdan chetda qolib ketadi. Ambrozini o‘z faoliyati davomida 12 ta sovrinni qo‘lga kiritgan bo‘lsada, birorta JCHda ishtirok yetma olmagani bilan ko‘proq Italiyalik muxlislarning yodida qolgan.
Roy Makkay

Gollandiyalik hujumchi 2002/03-yilgi mavsumda “oltin butsa” sovrini qo‘lga kiritgan bo‘lsada, Gollandiya JCHsaralashida omadsiz ishtirok yetgani bois Osiyoga uchmagan bo‘lsa, Germaniyadagi mundial oldida o‘sha davrlardagi terma jamoa murabbiyi Marko van Basten tomonidan qariya futbolchi sifatida yana JCHdan chetda qolgani juda achinarli. Vaholnaki, o‘sha davrlarda futbolchi “Bavariya” jamaosning asosiy hujumchisi sifatida deyarli har bir uchrashuvda gol kiritar, nemis muxlislarning yoqimtoyi yedi. Balki van Basten uchun 31 yosh juda katta ko‘ringandir. Yana kim biladi deysiz?!
Yerik Kantona

Futbol olamining yeng yerkatoy og‘loni ushbu olamdagi yeng katta bayramlardan birortasida ishtirok yetmagani ta’jublanarli xolat. Kantona doimm kuchli futbolchi bo‘lgan bo‘lsada, uning janjalkashligi ko‘pincha unga pand bergan.
1990-yilgi mundial oldida Fransiya terma jamoasi ustozi Anri Mishelning manziliga teleshovlardan birida aytilgan keskin tanqidlardan so‘ng, Kantona uchun o‘zining ilk mundialli yeshiklari mahkam yopiladi. 1994-yilda AQSH mezbonlik qilgan chempionatga Fransiya terma jamoasi chiqishni uddalay olmagan.
Keyinchalik Kantona uchun hammasi o‘z joyiga tusha boshladi. Avvaliga futbolchi terma jamoaga qaytgan bo‘lsa, keyinchalik uni jamoa sardori yetib tayinlashadi. Afsuski, 1995-yilda APL doirasidagi uchrashuvlardan birida muxlislardan birini tepgani uchun Kantonani deyarli bir yilga futboldan chetlatishadi. 1996-yilda bo‘lib o‘tgan qit’a chempionatida Kantonasiz harakat qilgan Fransiya terma jamoasida Zidan yetakchilikni qo‘liga oladi va Fransiyada barcha Kontana haqida unutib yuboradi. Bundan g‘azablangan Kontana terma jamoadagi faoliyatini yakunlaydi va uning vatani yendilikda Angiliya yekanligi haqida rasmiy bayonet beradi. Oradan ko‘p o‘tmay Zidan boshchiligidagi Fransiya o‘z tarixida ilk bor g‘oliblikni qo‘lga kiritadi.
Rayn Giggz va Garet Beyl

Rayan Giggz nafaqat Mundial balki birorta Yevropa chempionatida ham ishtirok yetmagani bilan tarixda qolgan. “Manchester Yunayted” jamoasning afsonaviy futbolchisi ikki bor Mundialga juda yaqin kelgan bo‘lsada har safar so‘nggi soniyalarda o‘tkazib yuborilgan gollar yevaziga musobaqalardan chetda qolib ketgan.
Garet Beyl Giggzdan ko‘ra biroz omadliroqdek. Har xolda unga qit’a chempionatida to‘p surish nasib yetgan,biroq o‘z davrida dunyoning yeng qimmat futbolchisiga aylangan, YECHL musobaqasda qatorasiga 3 bor g‘olib chiqqan futbolchi uchun Mundial havosidan nafas olmaslikdan yomoni bo‘lmasa kerak. Afsuski, Beyl kuchsiz terma jamoada to‘p surgani bois o‘z faoliyati davomida biror marotaba JCHga yaqin ham kelmagan. Afsuski, Jahon chempionatida ishtirok yetish hammaga ham nasib yetavermaydi.













