“Liverpul” darvozaboni Alisson yakshanba kuni guruh mashg‘ulotlariga qaytadi. Bu haqida klub bosh murabbiyi Yurgen Klopp xabar berdi.
“Alissonning ahvoli yaxshi. Payshanba kuni u to‘liq mashg‘ulot o‘tadi. Shuning uchun u qaytishga yaqin. Yakshanba kuni u guruh mashg‘ulotlariga qaytadi”, - deydi Klopp.