Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/09 00:00 Real Madrid 4-1 Rayo Valyekano
13/09 00:00 Sanderlend 0-2 Arsenal
13/09 17:00 Selta 1-1 Malaga
13/09 18:00 Koventri Siti 0-5 Brayton
13/09 18:00 Lechche 3-2 Monsa
13/09 19:15 Levante 2-4 Barselona
13/09 20:30 Man. Yunayted 0-1 Manchester Siti
13/09 21:00 Napoli 1-0 Bolonya
13/09 21:30 Xetafe 1-1 Deportivo
13/09 23:45 Sassuolo 3-2 Yuventus
14/09 00:00 Real Sosyedad 0-3 Atletiko
14/09 18:45 Neftchi - Al-Quva al-Javiya
14/09 21:00 Shabab al-Ahli - Traktor
14/09 21:00 Ash-Shamol - Al-Ittihod
14/09 23:15 Al-Ahli (SA) - Paxtakor
14/09 23:15 Al-Qodisiya - Al-Vasl
14/09 23:15 Istiqlol - As-Sadd
15/09 15:00 Tejon Hana Citizen - Kyoto Sanga
15/09 15:00 Gamba Osaka - Kongan Hanoi
15/09 15:00 Kashima Antlers - Nyukasl Jets
15/09 15:00 Ratchaburi - Shangxay Port
15/09 17:15 Beyjing Guoan - Poxang Stilers
15/09 17:15 Johor Dorul Ta'zim - Buriram Yunayted
15/09 21:00 Al-Ayn - An-Nasr (SA)
15/09 23:15 Al-Hilol - Al-G‘arafa

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi Iticket.uz chiptalar operatori bilan hamkorlik qiladi

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi Iticket.uz chiptalar operatori bilan hamkorlik qiladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Xabaringiz bor, O‘zbekiston milliy terma jamoasi 10 oktyabr kuni Jahon chempionati-2022 ikkinchi saralash bosqichi doirasida Yaman bilan bahs olib boradi. Mazkur o‘yin oldidan O‘zbekiston futbol assosiasiyasi rahbariyati Iticket.uz kompaniyasi direktori Mirxosil Majidiy bilan uchrashuv o‘tkazdi va oldindagi o‘yin chiptalari savdosini amalga oshirish masalasini batafsil muhokama etib oldi.  

Sir emaski, O‘zbekiston milliy terma jamoasining uy o‘yinlariga hamisha ko‘p sonli muxlislar tashrif buyuradi. Ammo oldingi yillarda ko‘p holatlarda O‘zbekiston futbol assosiasiyasi terma jamoa ishtirokidagi o‘yinlar uchun chiqarilgan chiptalarning olib-sotarlar qo‘lida qaytadan sotilishi muammosiga duch keldi. Natijada aksariyat ishqibozlar chiptalar oldi-sotdisi jarayonidan norozi bo‘lishdi.

Mana shu kabi xunuk holatlarning oldini olish, qolaversa muxlislar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish, bu orqali esa chiptalarning shaffof savdosini ta’minlash maqsadida O‘FA Iticket.uz bilan milliy terma jamoa o‘yinlari chiptalari savdosini amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik qiladi.

UYEFA hamda FIFA tasarrufidagi musobaqalarda ham rasmiy chipta operatori sifatida faoliyat olib borgan va bu borada ulkan tajribaga ega mazkur kompaniya O‘zbekiston – Yaman uchrashuvi chiptalarining to‘liq savdosi bilan shug‘ullanadi.

Endilikda ishqibozlar vaqtlarini ketkazmay, stadion kassalarida uzundan-uzun navbatlarda turmasdan, uydan chiqmagan holda ham elektron shaklda chiptalar harid qilish imkoniga ega bo‘lishadi.

Muxlislar o‘yin chiptalarini Iticket.uz ning shahobchalaridan, “Paxtakor” stadioni kassalaridan hamda onlayn tarzda Iticket.uz saytidan ham harid qilishlari mumkin bo‘ladi. O‘zbekiston – Yaman uchrashuvi chiptalari 3 oktyabr sanasidan boshlab sotuvga chiqariladi.

Ta’kidlab o‘tamiz, JCH-2022 saralashining 2-bosqich 3-turi doirasidagi O‘zbekiston – Yaman uchrashuvi 10 oktyabr kuni poytaxtimizdagi “Paxtakor” stadionida bo‘lib o‘tadi. O‘yin soat 17:00da boshlanadi.   

Batafsil ma’lumotni Iticket.uz saytidan olishingiz mumkin. 

Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 20:20, 27.09.2019.
O'qildi: 2591 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик