Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

«Paxtakor» - «So‘g‘diyona». Prevyu

«Paxtakor» - «So‘g‘diyona». Prevyu

Baho:
+ | -

Superliga 21-turida jamoamiz Toshkentda "So‘g‘diyona"ni qabul qiladi.

Allaqachon chempionlikka erishib bo‘lgan "Sherlar" muxlislarni chiroyli futbol bilan xursand etishga urinishadi. Jizzaxliklarda esa Chempionlar Ligasiga chiqish imkoniyati mavjud. Shu sababli bahsning qiziqarli va keskin kechishiga shubha yo‘q. Jamoalar safida diskvalifikasiya bilan bog‘liq yo‘qotishlar mavjud emas.

Milliy chempionatlar doirasida o‘zaro 47 uchrashuv bo‘lib o‘tgan. 39 bellashuvda jamoamiz g‘alabaga erishgan bo‘lsa, 4tadan o‘yinda durang va raqibning g‘alabasi qayd etilgan. 120 gol urgan "Sherlar" o‘z darvozasidan 38 to‘p o‘tkazib yuborishgan. "Paxtakor"ning eng yirik g‘alabalari 6:1 va 5:0 hisoblarida kuzatilgan. Toshkentdagi 23 bahsning 21tasida jamoamiz muvaffaqiyatini nishonlagan. Faqat bir martadan jizzaxliklar yutug‘i va durang qayd etilgan. 1995 yildan beri "So‘g‘diyona" safar o‘yinlarida ochko olmagan.

O‘yinga tashrif buyuradigan muxlislar chempionlik nishonlanishiga atalgan ajoyib kechaga guvoh bo‘lishlari mumkin. Ishqibozlarning nafaqat qiziqarli futbol, balki chempionlikning chiroyli bayram qilinishidan bahramand bo‘lishlarini istaymiz.

Bellashuv yakuniga yetgach, stadionda lazer shou tashkil etiladi. Bundan tashqari, milliy estrada yulduzlari ishtirokida konsert dasturi, qimmatbaho sovg‘alar qo‘yilgan ijtimoiy aksiya va eng muhim tadbir - chempionlik kubogini topshirish marosimi bo‘lib o‘tadi.

Biz futbol bayramida barcha muxlislarni kutib qolamiz. "Paxtakor" - "So‘g‘diyona" bellashuvi 1 oktyabr, seshanba kuni "Paxtakor" stadionida soat 17:00da boshlanadi.

Manba: pakhtakor.uz
Kiritildi: 17:52, 29.09.2019.
O'qildi: 3431 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.