Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Tachmurat Agamurodov: «Imkoniyatimiz bor ekan, oxirigacha kurashamiz»

Tachmurat Agamurodov: «Imkoniyatimiz bor ekan, oxirigacha kurashamiz»

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

“Navbahor” – “Dinamo” uchrashuvidan keyin “Dinamo” bosh murabbiyi Tachmurat Agamurodov o‘yindan keyingi fikrlarini bildirdi.

- “Jamoamiz uchun ayni paytda Superligadagi o‘rnini saqlab qolish uchun har bir ochko qadrli. “Navbahor” esa sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib borayotgan klub. Shu bois, biz mazkur bahsda himoyaviy o‘yin namoyish etishni rejalashtirgandik. Afsuski, niyatimizga yetolmadik. Shunday bo‘lsa-da, yigitlarga maydonda barcha imkoniyatlarini ishga solishgani uchun minnatdorchilik bildiraman. “Navbahor”ni esa g‘alaba bilan tabriklayman va keyingi bahslarda namanganliklarga omad yor bo‘lishini tilayman.

Ushbu jamoalarning birinchi davrada Samarqandda bo‘lib o‘tgan o‘yinini tomosha qildim. Haqiqatdanam o‘sha bahs juda qiziqarli tarzda kechgan ekan. Biroq, ta’kidlaganimdek, biz uchun har ochko ayni paytda “oltin”ga teng. Shu bois, Namanganda ochiq o‘yin namoyish etolmasdik. Namanganga ochko olish uchun kelgandik, ammo niyatimizga yetolmadik. Lekin hali hech narsa yo‘qotilmadi hamda “Dinamo” Superligada “jon saqlab qolish” uchun oxirigacha kurash olib boradi. Imkoniyat bor ekan, oxirigacha kurashamiz.

Bunga jamoamizda nazariy jihatdan imkoniyat bor va biz undan maksimal darajada foydalanishga intilamiz. Shogirdlarim qolgan o‘yinlarda ham maydonda bugungidek bor kuchlari bilan harakat qilishsa, oldimizga qo‘yilgan maqsadni amalga oshiramiz, degan umiddaman. Meni “Dinamo”ga jamoani Superliga olib qolish uchun taklif qilishgan. To‘g‘ri, jamoamiz hozir qiyin ahvolda. Bundan tashqari, keyingi uchrashuvlardagi raqiblarimiz ham anoyi emas. Lekin yomon askargina general bo‘lishni orzu qilmaydi. Shuning uchun o‘z niyatimizni amalga oshirish uchun bor imkoniyatimizni ishga solamiz" - deydi "Dinamo" bosh murabbiyi.

Manba: www.fcdinamo.uz
Kiritildi: 19:53, 02.10.2019.
O'qildi: 2025 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик