"Barselona" va Ispaniya terma jamoasining sobiq futbolchisi Xavi murabbiylik qilayogan Qatarning "Al-Sadd" jamoasi o‘z maydonida Osiyo chempionlar ligasining birinchi yarim final uchrashuvida Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" jamoasidan mag‘lubiyatga uchradi.
Uchrashuv "Al-Sadd"ning 1: 4 hisobidagi mag‘lubiyati bilan yakunlandi.
Jamoalar o‘rtasidagi javob uchrashuvi 22 oktyabr kuni Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadi.