Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya

Lyubinko Drulovich: Qur’a qaysi raqibni taqdim etishini oldindan aytib bo‘lmaydi

Lyubinko Drulovich: Qur’a qaysi raqibni taqdim etishini oldindan aytib bo‘lmaydi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Xabaringiz bor, O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi 11 va 14 oktyabr kunlari Janubiy Koreya olimpiya termasiga qarshi safarda o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazadi.

Ayni paytda terma jamoamiz mazkur o‘yinlar oldidan poytaxtimizda yig‘in o‘tkazmoqda.

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi ustozi Lyubinko Drulovich qit’a chempionatiga tayyorgarlik jarayoni va qur’a natijalari xususida o‘z mulohazalarini bildirdi.

- Dastavval yaqinda bo‘lib o‘tgan qur’a to‘g‘risida fikr bildirib o‘tsam. Osiyo chempionatida juda murakkab guruhdan o‘rin oldik. Zero guruhimizdan joy egallagan har bir terma jamoa qit’ada yetakchilar sirasiga kiradi. Shu boisdan oldinda bizni juda qiziqarli va shiddatli to‘qnashuvlar kutayotgani tayin.

Lekin hali musobaqaga yetarlicha vaqt bor va biz reja asosida tayyorgarlik jarayonini davom ettiryapmiz. Yaqinda Eron olimpiya terma jamoasi bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazgan edik. Ushbu raqib to‘g‘risida yetarlicha tasavvurga egamiz. Endi esa Janubiy Koreya bilan ham bahs olib boramiz. Bilasizmi, biz ushbu raqiblar bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazish masalasini qur’adan ancha avval kelishib olgan edik. Qur’a esa aynan o‘rtoqlik o‘yinlarida ham to‘qnash kelgan terma jamoalarni bizga taqdim etdi. Nima ham deya olamiz, qur’a natijalarini oldindan taxmin qilib bo‘lmaydi.

Terma jamoamiz tayyorgarlik jarayonini davom ettirmoqda. Yigitlarning harakatlaridan ko‘nglim to‘lmoqda. Men o‘z shogirdlarimga ishonaman. Ayni paytda bir qator jarohatlangan o‘yinchilar safimizda emas. Qolaversa, ayrim futbolchilarimiz milliy terma jamoaga jalb etilgan. Osiyo chempionatiga qadar hali yana yig‘inlar tashkil etamiz. O‘ylashimcha, dekabr oyidagi yig‘inda to‘liq tarkib bilan shug‘ullanamiz. Sekin-asta tarkib asosi shakllanib bormoqda. Terma jamoaga nomzod har bir futbolchida Osiyo chempionatiga borish imkoni mavjud. Ularning ichidan eng saralari qit’a birinchiligiga yo‘l oladi, - deya o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi tajribali mutaxassis.   
Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 20:15, 04.10.2019.
O'qildi: 5003 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.