Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/03 00:45 Jenoa 2-1 Lechche
15/03 01:00 Las-Palmas 2-2 Alaves
15/03 17:55 Sho‘rtan 0-2 Bunyodkor
15/03 18:00 Valyadolid 0-1 Selta
15/03 19:00 Monsa 1-1 Parma
15/03 19:00 Udineze 0-1 Verona
15/03 19:30 Andijon 1-1 Nasaf
15/03 20:00 Everton 1-1 Vest Xem
15/03 20:00 Ipsvich 2-4 Nottingem Forest
15/03 20:00 Manchester Siti 2-2 Brayton
15/03 20:00 Sautgempton 1-2 Vulverhempton
15/03 20:15 Malyorka 2-1 Espanyol
15/03 20:15 Dinamo 1-0 Mash’al
15/03 22:00 Milan 2-1 Komo
15/03 22:30 Vilyarreal 1-2 Real Madrid
15/03 22:30 Bornmut 1-2 Brentford
16/03 00:45 Torino 1-0 Empoli
16/03 01:00 Jirona 1-1 Valensiya
16/03 16:30 Venetsiya 0-0 Napoli
16/03 17:45 Surxon 0-2 Xorazm
16/03 18:00 Leganes 2-3 Betis
16/03 18:30 Arsenal - Chelsi
16/03 18:30 Fulhem - Tottenhem
16/03 19:00 Bolonya - Lasio
16/03 19:30 So‘g‘diyona 1-1 Navbahor
16/03 20:00 OKMK 1-0 Paxtakor
16/03 20:15 Sevilya - Atletik Bilbao
16/03 22:00 Fiorentina - Yuventus
16/03 22:30 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
16/03 22:30 Osasuna - Xetafe
17/03 00:00 Lester - Man. Yunayted
17/03 00:45 Atalanta - Inter
17/03 01:00 Atletiko - Barselona

«O‘lik jonlar» tirilmoqda: «baliqchi chol»dan ajoyib «ov»

«O‘lik jonlar» tirilmoqda: «baliqchi chol»dan ajoyib «ov»

Baho:
+1 | -2

Nihoyat, biz kutgan g‘alaba keldi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi jahon chempionatiga saralash o‘yinlarida o‘z maydonida Yamanni yirik hisobda yengdi.

KUTMAGANDIM, OCHIG‘I…

Tan olib aytaman, yirik hisobdagi g‘alabani istagan bo‘lsam-da, Falastinga qarshi nursiz o‘yindan keyin futbolchilarimizning bu qadar o‘yin ko‘rsatishiga, aniqrog‘i, 5:0 hisobida zafar quchishiga ishonqiramagan edim, ko‘pi bilan 3:0 ni kutgandim. Ammo xayriyatki, raqib darvozasiga javobsiz 5 ta gol urishni uddaladik.

NIMALAR O‘ZGARDI?

Birinchi o‘rinda, murabbiyning o‘zgargani ta’sir ko‘rsatdi. Futbolchilarning «Kuper davri»dan keyin «o‘zbekona murabbiy»ni sog‘inganliklari sezildi. Abramov o‘zbek futboliga begona bo‘lmagani, futbolchilar ham uning nimalarga qodir ekanliklarini bilishgani, unga ishonishgani qo‘l keldi. Bordiyu Kuperning o‘rniga chet eldan boshqa mutaxassis kelganida ham bunday natija qayd etilmasdi. Abramov o‘zbek futbolidagi «o‘lik jonlar»ni tiriltirishga bel bog‘lagan. Bugun u dastlabki muaolajani muvaffaqiyatli yakunladi.

TARKIB

Tarkib nisbatan optimal. Nisbatan deganimizning sababi, terma jamoa tarkibida hali formaga kirib ulgurmagan futbolchilarning borligi sezildi. Masalan, Jaloliddin Masharipov. Dribling borasida maqtana olsa-da, bugun hali samarali o‘ynashga tayyor emasligi ko‘rinib qoldi. Himoyada ham xatolar sezildi. Raqib futbolchilari biznikilarni yakka kurashlarda ortda qoldirgan vaziyatlar ham bo‘ldi. Ammo jamoaviy futbol yakuniy natija ijobiy bo‘lishini ta’minladi.

TEZKOR GOL

Tezkor gol tom ma’noda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ldi. Oldingi maqolada aytgandim, Yaman qarshi hujum taktikasiga tayanib o‘ynashni mo‘ljallagandi. Raqibning rejasi ikkinchi raqam ostida o‘ynash, himoyasini mustahkamlash hamda qarshi hujumga o‘tib gol urish, shu orqali kamida durangga erishish edi. Ammo dastlabki daqiqalarda urilgan tezkor gol hammasini chippakka chiqardi. Yaman terma jamoasining rejasi barbod bo‘ldi, ular hujumga o‘tishga majbur bo‘lishdi va oqibatda bir nechta gollar o‘tkazib yuborishdi.

SOVUQQONLIK

Vadim Abramov sovuqqon, tavakkalchi murabbiy. Uning ana shu jihati o‘yinga ham ko‘chdi. Deyarli hamma golda futbolchilarimizning sovuqqonligi muhim o‘rin tutdi. Birinchi golda Iskanderov hamda Hamdamovning sovuqqonligi, ikkinchi golda Eldorning xotirjam harakati, uchinchi golda Iskanderovning kutilmagan zarbasi, to‘rtinchi golda To‘xtaxo‘jayevning noodatiy zarbasi va beshinchi golda yana Hamdamovning qat’iyati. Xullas, Abramovdagi xususiyatlar bevosita o‘yinga ko‘chdi va yakuniy natijani o‘zingiz ko‘rdigiz.

QUVONISHGA BIROZ ERTA

Ha, quvonishga biroz erta. Unutmang, Samvel Babayan ham dastlab ketma-ket g‘alabalarga erishgandi. Kuper ham boshida yomon ishlamagandi. Ammo har ikkala holatda ham yakun sharmandali bo‘ldi. Umid qilamizki, Vadim Karleonevich bilan bunday holat yuz bermaydi. Biz Abramovning asl kuchini bu bosqichda emas, hal qiluvchi keyingi bosqichda ko‘ramiz.

G‘alabalar davomiy bo‘lsin!

Nizomjon ISLOMOV

 

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 19:07, 10.10.2019.
O'qildi: 13842 marta.
Fikrlar: 17 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.
MyCounter - счётчик и статистика

Топ рейтинг www.uz