Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/04 00:00 Monpelye 1-1 Nant
27/04 00:00 Real Sosyedad 0-1 Real Madrid
27/04 16:30 Vest Xem 2-2 Liverpul
27/04 17:00 Las-Palmas 0-2 Jirona
27/04 18:00 Lechche 1-1 Monsa
27/04 19:00 Man. Yunayted 1-1 Byornli
27/04 19:00 Vulverhempton 2-1 Luton
27/04 19:00 Fulhem 1-1 Kristal Pelas
27/04 19:00 Nyukasl 5-1 Sheffild Yunayted
27/04 19:15 Almeriya 1-3 Xetafe
27/04 21:00 Yuventus 0-0 Milan
27/04 21:30 Everton 1-0 Brentford
27/04 21:30 Alaves 3-0 Selta
27/04 23:45 Lasio 1-0 Verona
28/04 00:00 Aston Villa 2-2 Chelsi
28/04 00:00 PSJ 3-3 Gavr
28/04 00:00 Atletiko 3-1 Atletik Bilbao
28/04 13:00 Tojikiston - O‘zbekiston
28/04 15:30 Inter - Torino
28/04 16:00 Mets - Lill
28/04 16:00 Tailand - Eron
28/04 17:00 Kadis - Malyorka
28/04 18:00 Tottenhem - Arsenal
28/04 18:00 Bornmut - Brayton
28/04 18:00 Loryan - Tuluza
28/04 18:00 Klermon - Reyms
28/04 18:00 Strasbur - Nissa
28/04 18:00 Bolonya - Udineze
28/04 19:15 Granada - Osasuna
28/04 20:05 Renn - Brest
28/04 20:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
28/04 21:00 Napoli - Roma
28/04 21:00 Atalanta - Empoli
28/04 21:30 Vilyarreal - Rayo Valyekano
28/04 22:00 Lion - Monako
28/04 23:45 Fiorentina - Sassuolo
29/04 00:00 Marsel - Lans
29/04 00:00 Betis - Sevilya
29/04 23:45 Jenoa - Kalyari
30/04 00:00 Barselona - Valensiya

100 million?!

100 million?!

Baho:
+ | -

Futbol olamidagi so‘nggi yillarda bir nechta 100 milliondan ortiq narxga sotib baxolangan futbolchilar paydo bo‘lgani hech kimga sir emas. Ularning barchasi ham transfer qiymatini oqlay oldimi? Ularning kariyerasi qanday ko‘rinish olmoqda? Bugun ushbu mavzuga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz. 1-qism.

Garet Beyl 100 million yevro



Uelslik futbolchi ushbu sport tarixida 100 million yevrodan ortiqroqqa sotilgan ilk futbolchi sifatida tarixda qolishi aniq. «Tottenhem» klubidan harid qilingan Beyl "Real Madrid" qo‘lga kiritgan barcha sovrinlar uchun o‘zining eng kuchga to‘lgan yillarini bag‘ishladi desak, adashmagan bo‘lamiz. Garet «qirollik klubi» safida 4 bor YECHLda g‘olib chiqibgina qolmay, ichki chempionat va kubog o‘yinlarda bir necha bor chempionlikni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Futbolchi o‘ziga to‘langan pullarni oqladi yoki oqlamadi deyish juda mushkul. Futbolchi Madridda juda ko‘p jarohat olgani bois, bir nechta o‘ta muhim uchrashuvlarni o‘tkazib yuborgani yetmaganidek, ispan tilida so‘zlashmagani bois, muxlisar yoqimtoyiga ham aylana olmadi. Shunga qaramay uning hisobida klub afsonalaridan biri Ronaldodan ko‘ra ko‘proq gol mavjud. Mavsum boshidagi tushumovchiliklarga qaramasdan, futbolchi o‘zini qo‘lga oldi va hozir Madrid klubining yetakchilaridan biriga aylanib bormoqda.

Pol Pogba 105 million yevro



Fransiyalik yigitning ortga qaytishi «Manchester Yunayted» muxlislariga juda katta umid bag‘ishlagan bo‘lsada, ular kutgan natijani taqdim eta olmadi. To‘g‘ri, shu kunga qadar birorta «qizil iblis» undan ko‘proq hujumda faolroq ko‘rinmayapti, lekin muxlislarning aksariyati allaqachon Pogbani yomon ko‘rib qoldi. Ayniqsa Joze qo‘l ostida fubolchi tamomila futbol o‘ynashdan zerikib qoldi va o‘z sport formasini to‘liq boy berdi. Keyinchalik jamoa postiga kelgan Sulsher Pogbaga ikkinchi imkoniyatni taqdim etdi. Avvaliga Pol qushdek uchib ketdi, gollar ketidan uzatmalar paydo bo‘la boshladi, biroq mavsum so‘nggida klub yana kuchli 4 jamoadan biri bo‘lishni uddalay olgani yo‘q. Mutaxassislarning fikricha futbolchining «Real Madrid»ga o‘tishni istagani uning o‘yiniga jiddiy ta’sir o‘tkazgan, va Pol endilikda Manchester shaxrida avvalgi darajasida to‘p sura olmaydi.

Hozirda qahramonimizning maydonda foydali harakatlari avvalgidan ancha kamayganini sezish qiyin emas. Katta ehtimol bilan Pol keying mavsumda Madrid klubi safiga o‘tadi. Shunday ekan, unda 105 million yevroni oqlash uchun yana bir mavsum qoldi xolos.

Neymar 222-million yevro


Braziliyalik futbolchining PSJ klubiga o‘tishi butun futbol olamini ostun-ustun qili yubordi. Butun dunyo uning transferini muhokama qila boshladi. Uning uchun «Barselona»ga to‘langan pullar havoga uchdimi yoki PSJ o‘z tarixidagi eng zo‘r kelishuvga erishdimi hech kim bilmas, barcha voqealar rivojini katta qiziqish bilan kuta boshladi. Uning PSJga o‘tishi ko‘hna qit’a klublari uchun YECHL uchun yangi da’vogar paydo bo‘lganini bildirishi kerak edi, ammo hammasi o‘zgarib ketdi. To‘g‘ri, Neymarning kelgach, PSJ 2 bor ichki chempionatda g‘olib chiqdi, biroq klub u siz ham bu ishni uddalagan bo‘lar edi. Shunday bo‘lsada, Neymar kiritilgan gollar va uzatmalar borasida chinakam rekordlarni qayd etdi. Afsuski, PSJ uchun eng muhim musobaqa YECHLda futbolchi ikki mavsumdan beri qishda ortirib olgan jarohati tufayli hal qiluvchi bahslarda ishtirok etmayapti va klub o‘z yurishini erta tugatishga majbur bo‘lmoqda. Ming afsuski, Neymar yaqindagina yopilgan transfer oynasi chog‘ida parijlik muxlislar oldida ortirilgan barcha obro‘sini bir pul qilib yubordi. Darhaqiqat, futbolchi deyarli bir oydan ortiq vaqt mobaynida ushbu klub haqida nimalar demadi deysiz?! Agarda Neymar uchun PSJ 100 million yevro to‘laganida bu transfer o‘zini oqladi desak, bo‘lar edi. 222 million yevroni oqlash uchun hech bo‘lmsa Neymar YECHLda bir bor g‘alaba qozonishi shart. Ungacha bu transfer o‘zini oqladi deyishga haqqimiz yo‘q.

Usman Dembele 105 million yevro (Bonuslardan tashqari)


Ikki oyoqda ham birdek o‘ynay oladigan, fantastik tezlik egasi, yosh va iqtidorli futbolchi deb ta’rif berilgan Usman uchun «Barselona» o‘z tarixida ilk bor 105 million yevro to‘lashga qaror qildi. Dembele klubdan ketgan Neymarning o‘rnini egallashi ko‘zda tutilgan bo‘lsada, u bu ishni amalga oshira olmadi. O‘zining katoloniyadagi ilk mavsumida deyarli hech  narsa ko‘rsata olmagan futbolchi «boshsiz chavandoz» laqabini ortirib oldi xolos. Tezkor, kuchli zarbaga ega futbolchi maydonda hech narsa o‘ylab topishni uddasidan chiqa olmay qoldi. Bundan tashqari, uning o‘z ishiga ma’suliyatsiz yondoshgani bois, bir necha bor jarimga tortishgan bo‘lsada, bolkay ulg‘ayishdan bosh tortaverdi. O‘zining injiqliklari sababli, Dembele tezda muxlislar va jamoadoshlari oldidagi mavqeyini yo‘qotib qo‘ydi. Hozirda Dembele klub tarixidagi eng omadsiz haridlardan biriga aylanishga juda yaqin turibdi. Shunga qaramay barchasini tiklash uchun unda imkoniyat mavjud. Uning transferi o‘zini hozircha oqlamgan bo‘lsada, Dembelda qolganlardan farqli o‘laroq biroz vaqt mavjud.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 04:53, 12.10.2019.
O'qildi: 4563 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.