Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti

«Lokomotiv» – «Buxoro». Prevyu

«Lokomotiv» – «Buxoro». Prevyu

Baho:
+ | -

Bugun Coca Cola Superligasining 22-turidan o‘rin olgan uchrashuvlar davom ettiriladi.

Turnir jadvalida 38 ochko bilan ikkinchi o‘rinda borayotgan “Lokomotiv” o‘z maydonida “Buxoro”ni qabul qiladi. “Buxoro” hisobida 19 ochko mavjud bo‘lib, turnir jadvalida 12-o‘rinni egallab turibdi.

Bugungi bellashuv har ikki jamoa uchun muhim. Negaki “Loko” ikkinchi o‘rinni saqlab qolish uchun kurashayotgan bo‘lsa, buxoroliklar xavfli zonaga juda yaqin turishibdi. Shu bois ham bugun “Lokomotiv” stadionida qiziqarli to‘qnashuv kechishi kutilyapti.

“Loko” ushbu mavsum o‘z maydonida mag‘lubiyatga uchragani yo‘q. 11 o‘yinda “temirg‘lchilar” 8 g‘alaba va 3 durang qayd etishgan. To‘plar nisbati 23-6. “Lokomotiv” ushbu mavsumda o‘z maydonida eng kam to‘p o‘tkazib yuborgan jamoa bo‘lib turibdi.

“Lokomotiv”ning oxirgi to‘rt o‘yini durang natija bilan yakun topdi. Uyda “Buxoro”, safarda “Bunyodkor”, “Qo‘qon-1912” va “Qizilqum” jamoalari bilan 1:1 hisobi qayd etildi.

“Buxoro”ga kelsak, bu jamoa ikkinchi davra startidan beri faqat ikkita bellashuvda zafar quchdi. Buxoroliklar so‘nggi ikki turda muhim ochkolarni qo‘lga kiritdi. Jamoa “Nasaf” maydonida g‘alabaga erishgan bo‘lsa, Toshkentda “Bunyodkor” bilan durang o‘ynadi.

Eslatma: Birinchi davrada Buxorodagi bahsda “Lokomotiv” 2:0 hisobida g‘alabaga erishgan. Tomonlarning Toshkentda kechgan so‘nggi 5 bahsida quyidagi natijalar qayd etilgan.

2018. Ikkinchi bosqich. “Lokomotiv” - “Buxoro” 4:0

2018. Birinchi bosqich. “Lokomotiv” - “Buxoro” 3:1

2017. “Lokomotiv” - “Buxoro” 2:0

2016. “Lokomotiv” - “Buxoro” 3:1

2015. “Lokomotiv” - “Buxoro” 2:0

Toshkentda “Buxoro”ga qarshi bo‘lib o‘tgan oxirgi beshta uchrashuvning hammasida “Lokomotiv” g‘alaba qozongan. “Buxoro” “Loko” mayd

Manba: www.lokomotiv.uz
Kiritildi: 13:08, 19.10.2019.
O'qildi: 2035 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик