Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche 0-3 Komo
27/12 19:00 Torino 1-2 Kalyari
27/12 20:00 Arsenal 2-1 Brayton
27/12 20:00 Brentford 4-1 Bornmut
27/12 20:00 Byornli 0-0 Everton
27/12 20:00 Liverpul 2-1 Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem 0-1 Fulhem
27/12 22:00 Udineze 1-1 Lasio
27/12 22:30 Chelsi 1-2 Aston Villa
28/12 00:45 Piza 0-2 Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta - Inter

Aleksandr Xomyakov: "Andijon halqi futbolni sevadi. Biz ularni xursand qilishimiz shart!"

Aleksandr Xomyakov: "Andijon halqi futbolni sevadi. Biz ularni xursand qilishimiz shart!"

Baho:
+ | -
Bo'lim:
Rukn: Intervyular

22-tur doirasida bo‘lib o‘tgan "Nasaf"-"Andijon" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan keyingi o‘tkazilgan matbuot anjumanida "Andijon" jamoasi bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov o‘yin haqidagi fikrlar bilan o‘rtoqlashdi

- Albatta, xafaman. O‘zbekiston Kubogi bahsida ham, bugun ham o‘z darvozamiz dahlsizligini saqlab qola olmadik. Ikkita standart vaziyatdan gol o‘tkazib yubordik. Himoyaga ko‘proq urg‘u qaratgan edik. Lekin, nafaqat himoya, balki boshqa chiziqlarda ham sustkashlikka yo‘l qo‘ydik. O‘yin mobaynida ko‘proq himoyalandik. Aytarli bitta ham golga tortadigan vaziyat sodir eta olmadik. Shu boisdan, "Nasaf" haqli g‘alabaga erishdi deb bemalol ayta olaman.

- "Andijon" jamoasi oldiga qanday vazifa qo‘yilgan?

- Oldimizga yuqoriroq o‘rinni egallash vazifasi qo‘yilgan. Oldimizda 4 ta uchrashuv bor va o‘sha uchrashuvlarning barchasini o‘z maydonimizda o‘tkazamiz. FIFA kunlaridagi dam olishlar bizning zararimizga ishladi.

- Jamoa tarkibidan ko‘nglizni to‘qmi?

- Birinchi davradagi tarkibni aytarli o‘zgartirmadik. Birinchi davrada qanday tarkib to‘p surgan bo‘lsa, hozir ham deyarli o‘sha futbolchilar to‘p surishmoqda.

- "Nasaf" jamoasi bilan Liga Kubogida ham bahs olib borgansizlar. O‘sha paytdagi jamoa bilan hozirgi "Nasaf"da qandaydir o‘zgarish bormi?

- "Nasaf" jamoasini qanday o‘yin namoyish etishini bilamiz. "Nasaf" jamoaning kuchli va kuchsiz taraflarini bilamiz. Shu boisdan ularning qanotdan hujum uyushtirishiga qarshilik ko‘rsatishimiz kerak edi. Qolaversa, qarshi hujumga ham juda xavfli o‘tadi. Shu bois maydon markazida o‘ynashga qaror qilgandi, hujumlarini qaytarish uchun. Biroq, biz o‘ylagan reja amalga oshmadi.

- Shahzod Ubaydullayev "Dinamo" jamoasiga ham, "Surxon" jamoasiga ham gol kiritgandi. Bugun esa yorqin o‘yin namoyish eta olmadi.

- Afsuski, bugun uning o‘yini chiqmadi. Hujumchi gol urish uchun yarim himoya vakillari vaziyat bilan ta’minlab turish kerak. Lekin, bugun unday bo‘lmadi. Bugun nafaqat Ubaydullayev, balki, butun jamoa yaxshi o‘yin namoyish etmadi.

- "Andijon" jamoasida sharoitlar va vazifalar qanaqa?

- Har bir uchrashuvda jozibador o‘yin namoyish etishga harakat qilamiz. Chiroyli o‘yinlar orqali g‘alabaga erishib, muxlislarimizni xursand qilish asosiy maqsadimiz. Andijonda futbolni sevishadi. Muxlislar doim biz bilan birga. Shu bois, ularni xursand qilishga majburmiz!

- Jamoangiz qolgan to‘rtta uchrashuvni uyda o‘tkazadi. Bu jamoaga qo‘l kelsa kerak?

- Shunga umid qilaman. Ikkita uchrashuv o‘tkazganimizdan keyin terma jamoa o‘yini sababli yana tanaffus yuzaga keladi. O‘sha yuzaga kelgan tanaffusdan ham unumli foydalanib, qolgan ikki turda ham ijoyib natija qayd etishimiz kerak.

Kiritildi: 13:51, 21.10.2019.
O'qildi: 2622 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.