Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

Sarri «Lokomotiv» bilan o‘yindan so‘ng nimalar dedi

Sarri «Lokomotiv» bilan o‘yindan so‘ng nimalar dedi

Baho:
+ | -

Yaqindagina o‘z yakuniga yetgan «Yuventus» va «Lokomotiv» jamoalari o‘rtasida o‘tgan uchrashuv «Yuventus» klubi foydasiga hal bo‘lganidan xabaringiz bor. Ushbu o‘yindan so‘ng, Turin klubi rasmiy sayti jamoa bosh murabbiyi va bir nechta futbolchilarning o‘yindan so‘ng bergan intervyularini e’lon qildi.

Maurisio Sarri

Menga so‘nggi paytlarda Bernardeskining o‘z ustida ishlayotgani manzur bo‘lmoqda. Bugun maydonga tushmagan futbolchilar ham o‘z imkoniyatlariga tez orada ega bo‘lishadi. Bugun o‘yin bizga ko‘plab muammolarni tug‘dirishi mumkinligi haqida avval ham aytgan edim. Ayniqsa, birinchi bo‘limda ular bizning deyarli barcha quvvatimizni sug‘urib olishdi. Ikkini bo‘limda esa, hammasini to‘liq o‘z qo‘limizga oldik va natijani o‘zimiz tomonga og‘dirishni uddaladik.

Kuadrado ko‘z oldimda ajoyib qanot himoyachisiga aylanib bormoqda. Uning yangi joylashuvidan faqat jamoaga emas, o‘zi uchun ham juda katta foyda keltirishi aniq. U hujumlarga ajoyib tarzda qo‘shilmoqda va o‘yin davomida barchasini bir meyorda ushlab turibdi. Faqatgina yakama-yaka vaziyatlardagina biroz oqsaoqda. O‘ylaymanki, bu kamchilikni ham tez orada bartaraf etamiz. Shuningdek, De Ligtning ham futbolchi sifatida o‘sib borayotganini alohida qayd etib o‘tish lozim.
Bugun Dibala bizni qutqarib qoldi. Uning gollari nafaqat bizga, balki butun Turin shaxriga hursandchilik olib keldi, desam adashamgan bo‘laman.

Kuadrado

Bu juda muhim uchrashuv edi. O‘yindan oldin faqat g‘alabani ko‘zlab maydonga tushganimiz bois, biroz ruhiy bosim ostida qolib ketdik. O‘ylashimcha «Yuventus» bugun mardonavorlikni namoyish etdi. O‘yin bizning foydamizga hal bo‘lganidan mamnunman. Shu yo‘sinda davom etishimiz shart. Aynan shunday o‘yinlarda to‘p surish futbolchilar uchun qo‘shimcha kuch taqdim etadi. Oldinda bizni bundanda qiyinroq uchrashuv kutib turibdi.

Bernardeski

Men juda baxtliman va mehnat qilishdan to‘xtab qolmoqchi emasman. O‘ylashimcha bugungi uchrashuvdan so‘ng, barcha muxlislar kutgan «Yuventus»ni ommaga namoyish etishni uddaladik. Menga hujumchilar atrofida to‘p surish yoqimli. Boz ustiga maydon markazidagi istalgan pozisiyada to‘p surishimdan qat’iy nazar, o‘zimni yaxshi his etaman. Bugun murabbiy mendan hujumchilarga yaqinroq o‘ynashimni va pressingda faol ishtirok etishimni istagan edi. O‘ylashimcha klubimga yordam berishni uddaladim. Biz bugun ajoyib o‘yin ko‘rsatgan bo‘lsakda, e’tiborliroq bo‘lishimiz shart.

Manba: Жизнь Футбол
Kiritildi: 05:03, 23.10.2019.
O'qildi: 4009 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.