Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/04 23:45 Roma 3-0 Piza
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor - Surxon
12/04 17:00 Dinamo - Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 18:15 Andijon - OKMK
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal

O‘zbekiston – Qirg‘iziston uchrashuvi chiptalari sotuvga chiqarildi

O‘zbekiston – Qirg‘iziston uchrashuvi chiptalari sotuvga chiqarildi

Baho:
+3 | -

Xabaringiz bor, joriy yilning noyabr oyida Toshkentda O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2022 saralashi doirasida Saudiya Arabistoni hamda Falastin termalariga qarshi maydonga tushadi.

Muhim bahslarga tayyorgarlik doirasida Vadim Abramov boshchiligidagi milliy jamoamiz Qirg‘iziston terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi.  Uchrashuv 9 noyabr kuni Toshkentdagi “Paxtakor” stadionida bo‘lib o‘tadi va soat 17:00da boshlanadi.

Bilasiz, chiptalar oldi-sotdisi jarayonini tartibga solish, chiptalarning olib-sotarlar qo‘lida qaytadan sotilishining oldini olish, qolaversa muxlislar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish, bu orqali esa chiptalarning shaffof savdosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston futbol assosiasiyasi iticket.uz chiptalar operatori bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Natijada iticket.uz milliy terma jamoa o‘yini chiptalari savdosini to‘liq hajmda amalga oshiradi.

O‘zbekiston – Qirg‘iziston uchrashuvi chiptalari sotuvga chiqarildi. Endilikda ishqibozlar vaqtlarini ketkazmay, stadion kassalarida uzundan-uzun navbatlarda turmasdan, uydan chiqmagan holda ham elektron shaklda chiptalar harid qilish imkoniga ega.

Ayni paytda muxlislar O‘zbekiston – Qirg‘iziston uchrashuvi chiptalarini iticket.uz saytida 3 xil toifada harid qilishlari mumkin:

1-toifa – 5 000 so‘m;
2-toifa – 10 000 so‘m;
CIP – 35 000 so‘m.

Chipta bo‘yicha batafsil ma’lumotni iticket.uz saytidan olishingiz mumkin.

O‘rtoqlik uchrashuvi
9 noyabr (shanba)
O‘ZBEKISTON – QIRG‘IZISTON
"Paxtakor" stadioni
Boshlanish vaqti 17:00 

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 06:49, 29.10.2019.
O'qildi: 7379 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик