Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/02 00:45 Kalyari 0-2 Lechche
17/02 01:00 Jirona 2-1 Barselona
17/02 15:00 Seul 2-2 Sanfrechche Xirosima
17/02 15:00 Matida Zelviya 3-2 Chengdu Rongcheng
17/02 17:15 Buriram Yunayted 2-0 Shanghai Shenhua
17/02 17:15 Johor Dorul Ta'zim 1-0 Vissel Kobe
17/02 21:00 As-Sadd 1-4 Al-Ittihod
17/02 21:00 Al-G‘arafa 0-2 Traktor
17/02 22:45 Galatasaroy 5-2 Yuventus
18/02 01:00 Benfika 0-1 Real Madrid
18/02 01:00 Monako 2-3 PSJ
18/02 01:00 Borussiya D 2-0 Atalanta
18/02 22:45 Qorabog‘ - Nyukasl
18/02 23:15 An-Nasr (SA) - Arkadag'
18/02 23:15 Al-Ahli Doha - Sepohon
19/02 01:00 Olimpiakos - Bayer
19/02 01:00 Bryugge - Atletiko
19/02 01:00 Bude-Glimt - Inter

Jangga uch kun qolganida Bektemir Meliqo‘ziyevning raqibi o‘zgardi

Jangga uch kun qolganida Bektemir Meliqo‘ziyevning raqibi o‘zgardi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Professional boksning super o‘rta (-76,2 kg) vazn toifasida ringga ko‘tarilayotgan Bektemir Meliqo‘ziyevning (2-0, 2 KO) bo‘lajak jangdagi raqibi yana o‘zgardi. Bu haqda GoSport.uz internet-nashri manbalari xabar bermoqda.

Unga ko‘ra, Bektemir Meliqo‘ziyev 2 noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan boks oqshomida amerikalik Kley Kollardga (4-1-3, 1 KO) qarshi ringga chiqadi. To‘qnashuv 8 raundga mo‘ljallangan reyting jangi bo‘lishi ko‘zda tutilgan.

Ahamiyatli tomoni mazkur boks oqshomining markaziy jangida afsonaviy Saul «Kanelo» Alvares (51-1-2, 35 KO) rossiyalik Sergey Kovalyovga (34-3-1, 29 KO) qarshi ringga ko‘tariladi. Bektemir aynan shu boks kechasining kardida ringga chiqadi. Janglar Las-Vegasdagi mashhur MGM Grand saroyining «Garden Arena»sida bo‘lib o‘tadi.

Oldinroq Bektemir ukrainalik Ismail Sillahga (27-6, 21 KO) qarshi ringga ko‘tarilishi lozim edi. Ammo raqib jang boshlanishiga uch kun qolganida jarohat olib ringga chiqa olmasligi ma’lum bo‘ldi.

Undan oldinroq, Meliqo‘ziyevning fransiyalik mashhur bokschi, besh karra sobiq jahon chempioni, to‘rt karra jahon chempionlik kamari uchun janglarda ishtirok etgan Hassan N‘Dam N‘Jikamga (37-4, 21 KO) qarshi ringga ko‘tarilishi va bu jang 10 raunddan iborat bo‘lib, super o‘rta vazn toifasining WBA InterContinental chempionlik kamari uchun kechishi haqida xabar bergandik. Ma’lum bo‘lishicha, mazkur jang sanasi ortga surilgan. Meliqo‘ziyev sobiq chempionga qarshi avval belgilanganidek, 26 noyabr kuni ringga chiqishi rejalashtirilmoqda.

Manba: gosport.uz
Kiritildi: 22:06, 31.10.2019.
O'qildi: 2295 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.