Kirish Ro'yxatdan o'tish

Alvares «Atletiko»ni tark etishi deyarli aniq

Alvares «Atletiko»ni tark etishi deyarli aniq

Baho:
+1 | -

Madridning «Atletiko» klubi yozgi transfer oynasida Xulian Alvaresni sotishga majbur bo‘lishi mumkin. Taniqli insayder Gaston Edulning fikricha, «matraschilar» argentinalik futbolchini olib qolish uchun deyarli imkoniyatga ega emas.

Ayni damda hujumchi uchun ikkita jiddiy da’vogar bor – «Barselona» va «PSJ». Futbolchining o‘z xohishi esa shubhasiz: agar parijliklar moliyaviy jihatdan ancha foydali shartlar taklif qilsa ham, u Kataloniya klubini tanlaydi.

Transfermarkt bahosiga ko‘ra, Xulian Alvaresning narxi 90 million yevroni tashkil etadi. Mish-mishlarga ko‘ra, yaqinda «Barselona» 26 yoshli futbolchi uchun 100 million yevro taklif qilgan, biroq «Atletiko» bu summaga rozi bo‘lmagan.

Kiritildi: 12:25, 01.06.2026.
O'qildi: 3998 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик