Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/04 00:00 Barselona 4-2 Valensiya
30/04 05:00 Borussiya D - PSJ
01/05 00:00 Bavariya - Real Madrid
01/05 00:00 Bavariya 2-2 Real Madrid
02/05 00:00 Borussiya D - PSJ
02/05 20:30 Iroq - Indoneziya
02/05 23:30 Chelsi - Tottenhem

Tokio Olimpiadasiga tayyorgarlik masalalariga bag‘ishlangan matbuot-anjumani o‘tkazildi

Tokio Olimpiadasiga tayyorgarlik masalalariga bag‘ishlangan matbuot-anjumani o‘tkazildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Joriy yilning 4 senyatbr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida o‘tkazilgan videoselektorda 2020 yilda Yaponiyaning Tokio shahrida bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish, aholi orasida ommaviy sport va jismoniy tarbiyani yanada rivojlantirish bo‘yicha qator topshiriqlar belgilab berilgan edi. Bugun O‘zbekiston Respubilikasi Prezidenti Adminstrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligida mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan matbuot-anjumani tashkil etildi. Unda Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o‘rinbosari Oybek Kasimov, Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti maslahatchisi Nazirjon Xudoyqulov va soha mutaxassislari o‘tgan davr mobaynida olib borilgan ishlar yuzasidan hisobot berishdi va jurnalistlarni qiziqtirgan savollariga javob berishdi.

Sal kam 2 oy davomida sohada juda katta ko‘lamdagi ishlar amalga oshirildi. Ayniqsa, ta’lim sohasida oliy o‘quv-yurtlarida sportga ixtisoslashgan fakultetlarda yanada ko‘proq o‘rin ajratish, Olimpiya o‘yinlari va jahon chempionati sovrindori bo‘lgan sportchilarni o‘qishga imtiyozli qabul qilish dasturi bo‘yicha ijobiy natijalar bo‘lmoqda. Yaqinlashib kelayotgan Tokio Olimpiadasiga jiddiy tayyorgarlik ko‘rish va unga imkon qadar ko‘proq yo‘llanma olish masalasi ham oldimizda turgan eng asosiy vazifalardan biri. Buning uchun har bir sport turiga uni yaxshi tushunadigan mutaxassislarni tayyorgarlikka mas’ul qilib qo‘ydik”, – dedi Oybek Kasimov.

Sportchilarimizning mashg‘ulot davomida bamaylihotir shug‘ullanishlarini ta’minlash bizning asosiy maqsadlarimizdan biri. Shu bois ham MOQ qoshida tuzilgan qator ishchi guruhlar Olimpiya o‘yinlari lisenziyasi uchun kurashayotgan sportchilarimizning oila-a’zolaridan xabar olishmoqda, ularning mashg‘ulotlarda qayd etayotgan natijasini muntazam nazorat qilib bormoqda. Zamonaviy sportda doping masalasi ham ancha jiddiy e’tibor talab qiladi. Bu borada atletlarimizning ovqatlanish rasioni va ularga berilayotgan vitaminlar ham xalqaro antidoping agentligi foydalanishga ruxsat bergan ro‘yxat asosida tuzib chiqilgan”, – dedi Nazirjon Xudoyqulov.

Tadbir davomida kanoeda eshkak eshish bo‘yicha Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma qo‘lga kiritgan sportchilarimiz Dilnoza Rahmatova hamda Nilufar Zokirova, shuningdek, yaqinda Yekaterinburgda o‘tkazilgan boks bo‘yicha jahon chempionatida g‘alaba qozongan Bahodir Jalolov, Shahobiddin Zoirov, Miraziz Mirzahalilov kabi vakillarimiz ham ishtirok etib, kelasi yilgi Olimpiada uchun o‘z oldiga qo‘ygan vazifalari haqida gapirib berishdi. Qolaversa, yurtimizdagi har bir viloyatni ma’lum sport turlariga ixtisoslashtirish, Tokio Olimpiadasiga mo‘ljallanayotgan lisenziyalar soni bo‘yicha ko‘tarilgan mavzu ham OAV vakillarining e’tiborida bo‘ldi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 16:23, 01.11.2019.
O'qildi: 1724 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.