Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/02 00:45 Kalyari 0-2 Lechche
17/02 01:00 Jirona 2-1 Barselona
17/02 15:00 Seul 2-2 Sanfrechche Xirosima
17/02 15:00 Matida Zelviya 3-2 Chengdu Rongcheng
17/02 17:15 Buriram Yunayted 2-0 Shanghai Shenhua
17/02 17:15 Johor Dorul Ta'zim 1-0 Vissel Kobe
17/02 21:00 As-Sadd 1-4 Al-Ittihod
17/02 21:00 Al-G‘arafa 0-2 Traktor
17/02 22:45 Galatasaroy 5-2 Yuventus
18/02 01:00 Benfika 0-1 Real Madrid
18/02 01:00 Monako 2-3 PSJ
18/02 01:00 Borussiya D 2-0 Atalanta
18/02 22:45 Qorabog‘ - Nyukasl
18/02 23:15 An-Nasr (SA) - Arkadag'
18/02 23:15 Al-Ahli Doha - Sepohon
19/02 01:00 Olimpiakos - Bayer
19/02 01:00 Bryugge - Atletiko
19/02 01:00 Bude-Glimt - Inter

MOQ qoshida tashkil etilgan qo‘llab-quvvatlash guruhining ikkinchi ishi dzyudochilarimizga ataldi

MOQ qoshida tashkil etilgan qo‘llab-quvvatlash guruhining ikkinchi ishi dzyudochilarimizga ataldi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Madaniyat vazirligi bilan hamkorilkda Tokio Olimpiadasiga tayyorgarlik ko‘rayotgan terma jamoamiz vakillarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida turl madaniy tadbirlar tashkil qilayotgani haqida xabar bergan edik. O‘tgan hafta kamondan otish va karate bo‘yicha terma jamoamiz vakillariga o‘tkazilgan madaniy tadbir bugun dzyudochilarimiz uchun tashkillashtirildi. Sport faxriylari, jurnalistlar va taniqli san’at arboblaridan tuzilgan Tokio-2020 Olimpiadasi uchun qo‘llab-quvvatlash guruhi bugun tushda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi binosida jam bo‘ldi. Shundan so‘ng ishtirokchilar terma jamoamiz vakillari bilan birgalikda avtobusda tadbir o‘tkaziladigan “Ichan qal’a” mehmonxonasiga yo‘l olishdi.

Mehmonxonaning marosimlar uchun mo‘ljallangan restoranida tadbirning badiiy qismi boshlandi. Bayram dasturi boshlanishidan avval MOQ vise-prezidenti, O‘zbekiston dzyudo federasiyasi rahbari Azizjon Kamilov, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Yodgor Sa’diyev so‘zga chiqib, sportchilarimizga o‘zlarining iliq tilaklarini bildirib o‘tishdi. Shundan so‘ng o‘zbek estradasining yorqin yulduzlari Ziyoda, Tohir Sodiqov, taniqli so‘z ustasi Shukurullo Isroilov o‘z ijod namunalarini sportchilarimizga taqdim qilishdi

Qaratilayotgan bunday e’tibordan ruhlangan terma jamoamiz vakillari ham o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdilar.

“Biz sportchilarning mana shunday kamtarona natijalarimizni yuksak baholayotgan hukumatimizga alohida tashakkur aytib o‘tmoqchiman. Muhtaram yurtboshimizning bizlarga ko‘rsatayotgan shunday e’tiborlarini biz har jabhada his qilib turibmiz. Nasib qilsa, bu g‘amxo‘rliklarga kelasi yil Tokioda bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlarida oltin medallar bilan javob qaytaramiz ”, – dedi Sharofiddan Lutfillayev.

Mazkur tadbirda Rishod Sobirov va Abdullo Tangriyev kabi yaqin o‘tmishimizning nomdor dzyudochilari, shuningdek, yurtimizda mehmon bo‘lib turgan Afina-2004 Olimpiadasi g‘olibi gresiyalik Ilias Iliadis ham so‘z olib, o‘zbek dzyudosining yillar davomida ravnaq topib borayotganiga alohida urg‘u berib o‘tishdi.

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Madaniyat vazirligi bilan hamkorlikda Tokio-2020 Olimpiadasiga tayyorgarlik ko‘rayotgan sportchilarimizni ruhan qo‘llab-quvvatlash maqsadida mana shunday tadbirlarni tashkillashtirishda davom etadi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 18:46, 02.11.2019.
O'qildi: 999 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.