Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Yuriy Syomin: " Ronaldu yomon o‘ynamaydi – yoki yaxshi o‘ynaydi, yoki juda yaxshi o‘ynaydi"

Yuriy Syomin: " Ronaldu yomon o‘ynamaydi – yoki yaxshi o‘ynaydi, yoki juda yaxshi o‘ynaydi"

Baho:
+ | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

Moskvaning «Lokomotiv» klubi bosh murabbiyi Yuriy Syomin «Yuventus» (1:2) qarshi uchrashuvdan keyingi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Albatta, hisobdan g‘azablandik. Ochko olishimiz, hatto yutishimiz kerak bo‘lgan o‘yinda yutqazdik. Futbolchilarga minnatdorchilik bildiraman. Juda yaxshi o‘yin namoyish etishdi. Ularni oldiga qo‘ygan barcha vazifamizni bajarishdi. Birinchi kutilmaganda o‘tkazib yuborgan golimiz salbiy ta’sir ko‘rsatmadi. O‘ylaymanki, bugun mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsakda, bu uchrashuv futbolchilarimizga faollikni oshirishda yordam beradi. Futbolchilar tribunadagi ajiotashga minnatdorchilikni bildirishdi. Yaxshi imkoniyatlar sodir bo‘lgandi, lekin ozgina aniqlik yetishmadi. Muxlislarimizga yana bir bor rahmat aytaman.

- Qanday qilib hujum  sxemasida o‘ynashga qaror qildingiz?

- Shunchaki oddiy. Maydonga bugungi kundagi eng yaxshi futbolchilarimizni tushirdim.

- Miranchuk zyinni yaxshi o‘tkazdi. Uni «Lokomotiv»da ushlab qolish qiyin bo‘lsa kerak?

- U qayoqqa ketishi kerak? Agar «Yuventus» yoki «Barselona»ga bo‘lsa, bemalol. Uning aka-ukalari – bu «Lokomotiv». Lyoshani muxlislar yaxshi ko‘radi. U o‘yindan zavf olmoqda. Anton ham shunday.

- «Lokomotiv» qolgan uchrashuvlarda ham kuchliroq o‘ynaydimi?

- Biz har bir uchrashuvda kuchli o‘yin namoyishga harakat qilamiz. Taktikamiz futbolchilarning holatiga qarab tanlanadi. «Yuventus» bilan o‘tgan safargi uchrashuvda imkoniyatlarimiz kam edi, bu safar esa boshqa imkoniyatga ega bo‘ldik.“Yuventus” klubining dunyo miqyosidagi futbolchilariga qarshi yakka kurashlarda tengma teng harakat qilgan shogirdlarim uchun xursandman. Aytgancha, “Dinamo” (Kiyev)da ishlagan paytimizda Duglas Kosta doim gol urardi.

- Gilermening xatosi sizni bezovta qilmayaptimi?

- U yana qachon bunday xatoga yo‘l qo‘ydi? Eslay olmayman. Gilerme bugun necha marotaba yordam berdi? Asosiysi uni bezovta qilmadi. Ronalduning zarbasidan so‘ng to‘p qanday tezlikda kelganini ko‘ring. Ronalduning jarimadan yo‘llaydigan zarbalari dunyoning yetakchi darvozabonlarini ham qiyin holatga solib qo‘yadi. Birinchi goldan so‘ng yigitlar sarosimaga tushib qolmagani xursand qildi meni.

- «Lokomotiv»ni Ronalduga qarshi atayin tayyorladingizmi?

 - Biz Ronalduga emas, “Yuventus”ga qarshi tayyorgarlik ko‘rdik. Birinchi golni kiritilishida Ronaldu katta ishni amalga oshirdi. Ronaldu yomon o‘ynamaydi – yoki yaxshi o‘ynaydi, yoki juda yaxshi o‘ynaydi. «Yuventus»ning keyingi o‘yinlarida omad tilayman. YECHLning finalida «Yuventus» va «Atletiko»laro‘ynashiga tilakdoshman, - Syominning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda FK «Lokomotiv» matbuot xizmati.

Kiritildi: 11:12, 07.11.2019.
O'qildi: 3117 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.