Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Chempionlar ligasi. «Atletiko» - «Arsenal» o‘yinidagi penaltilar tufayli durang qayd etildi (videosharh)

Chempionlar ligasi. «Atletiko» - «Arsenal» o‘yinidagi penaltilar tufayli durang qayd etildi (videosharh)

Baho:
+ | -

Yevropa Chempionlar ligasi 2025/2026 yilgi mavsumi yarim finali birinchi uchrashuvida Madridning «Atletiko» klubi o‘z maydonida Londonning «Arsenal» jamoasini qabul qildi. Madriddagi «Riyad Eyr Metropolitano» stadionida bo‘lib o‘tgan bahs 1:1 hisobida durang bilan yakunlandi.

44-daqiqada «Arsenal» hujumchisi Viktor Dyokeresh penaltini aniq bajarib, hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘limda, 56-daqiqada «Atletiko» forvardi Xulian Alvares ham 11 metrlik jarima zarbasidan foydalanib, hisobni tenglashtirdi.

Uchrashuvning 78-daqiqasida hakam «Atletiko» himoyachisi David Gansko raqib futbolchisi Ezeni oyog‘iga tepgani uchun penalti belgiladi. Biroq epizodni qayta ko‘rib chiqqach, arbitr o‘z qarorini o‘zgartirdi.

Jamoalar o‘rtasidagi javob uchrashuvi 5 may kuni Londondagi «Emireyts» stadionida bo‘lib o‘tadi.

Chempionlar ligasi. Yarim final
«Atletiko» — «Arsenal» — 1:1 (0:1)
Gollar: 0:1 — V. Dyokeresh, 44 (penaltidan); 1:1 — X. Alvares, 56 (penaltidan).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 05:51, 30.04.2026.
O'qildi: 2880 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик