«Zalsburg» klubi hujumchisi Erling Xolanning otasi o‘g‘li faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkinligi haqida gapirdi.
— U bolaligida «Lids», «Manchester Siti» va «Nottingem Forest» klublariga ishqibozlik qilgan. U Premyer-ligada o‘ynashni xohlaydi, biroq bu qachon amalga oshishini bilmayman. APL qiyin chempionat.
U APLga mos keladi, uning bu transferi qachon amalga oshishi noma’lum. Erling «Zalsburg»dan ketishga shoshmayapti, — dedi Alf-Inge Xolann talkSPORT bilan suhbatda.
Avvalroq, «Yuventus» Xolann uchun 40 million yevro to‘lashga tayyor ekanligi haqida xabarlar yangragandi.













