Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/01 00:45 Lasio 0-3 Komo
20/01 01:00 Elche 2-2 Sevilya
20/01 01:00 Brayton 1-1 Bornmut
20/01 20:30 Qayrat 1-4 Bryugge
20/01 22:45 Bude-Glimt 3-1 Manchester Siti
21/01 00:52 Kopengagen - Napoli
21/01 01:00 Inter - Arsenal
21/01 01:00 Vilyarreal - Ayaks
21/01 01:00 Olimpiakos - Bayer
21/01 01:00 Real Madrid - Monako
21/01 01:00 Sporting - PSJ
21/01 01:00 Tottenhem - Borussiya D
21/01 01:00 Vilyarreal - Ayaks
21/01 22:45 Qorabog‘ - Ayntraxt F
21/01 22:45 Galatasaroy - Atletiko
22/01 01:00 Bavariya - Yunion
22/01 01:00 Marsel - Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl - PSV
22/01 01:00 Slaviya - Barselona
22/01 01:00 Chelsi - Pafos
22/01 01:00 Yuventus - Benfika
22/01 01:00 Atalanta - Atletik Bilbao

“Bo‘ston” sihatgohi og‘ir atletika bo‘yicha terma jamoamiz vakillari uchun tashkil qilingan madaniy tadbirga mezbonlik qildi

“Bo‘ston” sihatgohi og‘ir atletika bo‘yicha terma jamoamiz vakillari uchun tashkil qilingan madaniy tadbirga mezbonlik qildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Tokio Olimpiadasiga tayyorgarlik ko‘rayotgan terma jamoamiz vakillarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash yuzasidan Madaniyat vazirligi bilan hamkorlikda qator madaniy tadbirlar olib bormoqda. Ana shunday tadbirlardan biri Chirchiq shahrida og‘ir atletika terma jamoasi uchun tashkil qilindi. “Bo‘ston” sihatgohida bo‘lib o‘tgan mazkur tadbirda Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston og‘ir atletika federasiyasi mutasaddilari, o‘zbek sportining bir qator nomdor faxriylari va OAV vakillari ishtirok etishdi.

Tadbirdan avval O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Rustam Shoabdurahmonov atletlarimiz va murabbiylar bilan ko‘rishib, Tokio Olimpiadasiga olib borilayotgan tayyorgarlik haqida suhbat o‘tkazdi va sportchilarimiz holidan xabar oldi.

Madaniy tadbirni O‘zbekiston sport faxriklari kengashi raisi Komiljon Xudoyberganov ochib berdi. Shundan so‘ng O‘zbekiston og‘ir atletika federasiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Shahrullo Mahmudov, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiyi Axbor Imomxo‘jayev, og‘ir atletika bo‘yicha jahon rekordchisi, sport faxriysi Erkin Karimov so‘zga chiqib, sportchilarimizning Tokio Olimpiadasiga tayyorlanishlari uchun yaratib berilayotgan bunday shart-sharoitlar hech bir Olimpiada siklida bo‘lmagani, ularni qo‘llab-quvvatlash uchun davlatimiz ko‘rsatayotgan e’tibor haqida ta’kidlab o‘tdilar.

Ta’kidlash joiz, ushbu tadbirda ayni paytda hamyurtlarimiz bilan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazayotgan Nepal terma jamoasi vakillari ham ishtirok etishdi. O‘z navbatida mehmonlar ham yurtimizda sportchilarimizni ma’naviy va ruhan qo‘llab-quvvatlash yo‘lida olib borilayotgan bunday tadbirlar haqida iliq fikrlarini bildirib o‘tishdi.

Mazkur tadbir terma jamaomiz vakillarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, davlatimizning ular uchun qaratayotgan e’tiborini ko‘rsatish va ulardagi vatanparvarlik tuyg‘usini yanada kuchaytarish, dam olish kunlari tinimsiz mashg‘ulotlardan tashqari madaniy hordiq olishlari uchun tashkil qilinmoqda. Bu galgi tadbirga so‘z ustasi, taniqli qiziqchi Shukurullo Isroilov va O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Shahzoda tashrif buyurib, sportchilarimiz uchun eng sara ijodlaridan aytib berishdi.

Tashkil qilingan bunday tadbirdan ruhlangan Adhamjon Ergashev hamda Muattar Nabiyeva sportchilar nomidan tashakkur aytib o‘tdi.

Bizlarni Tokio Olimpiadasiga tayyorlash yo‘lida mana shunday tadbirlar tashkillashtirib, bizni qo‘llab-quvvatlayotgan hukumatimizga, sportimiz rahbariyatiga chuqur minnatdorchilik bildirib qolaman. Nasib qilsa, bizga bildirilgan ishonchni va ko‘rsatilayotgan e’tiborni, albatta, oqlaymiz va Tokio Olimpiadasidan ham medallar bilan yurtimizga qaytib kelamiz”, – dedi Adhamjon Ergashev.

Shu tariqa O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasining Madaniyat vazirligi bilan hamkorlikda Tokio Olimpiadasiga tayyorgarlik yo‘lida tashkil etayotgan yana bir madaniy tadbiri o‘z yakuniga yetdi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 20:23, 16.11.2019.
O'qildi: 1740 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.