Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Vadim Abramov: «Agar futbolni ko‘tarishni istasak, kuchli raqiblar bilan o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazishimiz kerak»

Vadim Abramov: «Agar futbolni ko‘tarishni istasak, kuchli raqiblar bilan o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazishimiz kerak»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov JCH saralashi doirasida Falastinga qarshi kechgan bahsdan so‘ng (2:0) matbuot anjumanida ishtirok etib, fikrlarini bildirib o‘tdi.

O‘yin sizga yoqdi, deb o‘ylayman. Shaxsan men uchun uch kun oldingi mag‘lubiyat hali unutilganicha yo‘q. Yigitlarga g‘alaba uchun rahmat. Hisob o‘yinga mos bo‘ldi, deb o‘ylayman.

So‘nggi daqiqalarda futbolchilarda charchoq alomatlari sezilayotganligi haida...

Gap shundaki, oxirgi daqiqalarda to‘pni nazorat qilish kerak va bu ishni maydonning raqibga tegishli qismida amalga oshirish lozim. Hozircha futbolchilar buni tushuna olmayapti. Bu ishni to‘g‘rilasa bo‘ladi va biz yig‘inlar davomida shunga harakat qilamiz.

Hozir faqat oldinga qarash lozim. Oldinda esa Chempionlar ligasi o‘yinlari bor va biz yangi nomzodlarni ko‘rishda davom etamiz. Agarda himoya yaxshi o‘ynasa, Odil markazda qoladi.

Ikkita gol urib olgandan so‘ng o‘yinni biroz tashlab qo‘ydik. Bunday o‘yinda bizda imkoniyatlar bo‘lishi lozim edi. Afsuski oxirgi uzatmalar o‘tmay qoldi. Har qanday jamoa raqib bergan imkoniyat doirasida o‘ynaydi.

Saudiya Arabistoni termasiga qarshi javob o‘yinidagi imkoniyatlarimiz haqida...

Yaponiyaga qarshi kechgan o‘yinda vaziyat boshqacha edi. O‘sha vaqtda biz Osiyo Kubogidan o‘tgandik, men bir yarim yil davomida jamoani boshqarib turgandim va ancha tajribaga ega edik. Hozir esa vaziyat biroz boshqacha. Futbolchilarimiz yetarlicha iqtidorli ekaniga shubha qilmayman. Vaqt hammasiga baho beradi. Futbolchilar klubdan keladi va ularning holati klublarga bog‘liq. Olti oydan so‘ng nimalar bo‘lishini ayta olmaymiz. Toshkentda bo‘lgan o‘yindan xulosa chiqarsak, o‘yin tomonlama Saudiyadan past emasmiz. To‘g‘ri, jazirama bo‘ladi, ammo ular ham «protivogaz» kiyib o‘ynamaydiku!

Martda Qozog‘iston bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazamiz. Saudiya Arabistoni Braziliya bilan o‘ynamoqda. Agar futbolni ko‘tarishni istasak, kuchli raqiblar bilan o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazishimiz lozim. Hozircha reja bor, ammo klublar manfaatiga zid ish qilmaslikka intilmoqdamiz. Arveladze bilan bu mavzuda gaplashib oldik. «Paxtakor» Chempionlar ligasida qancha uzoqqa borsa, o‘zbek futboli foydasiga bo‘ladi. Klublar yig‘inlari vaqtida biz ham Amirliklarda bo‘lamiz va raqib topib, o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazamiz.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 23:38, 19.11.2019.
O'qildi: 8296 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.