Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/12 00:45 Verona 3-1 Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Atletiko
07/12 16:30 Cremonese 2-0 Lechche
07/12 18:00 Elche 3-0 Jirona
07/12 19:00 Brayton 1-1 Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari 1-0 Roma
07/12 20:15 Valensiya 1-1 Sevilya
07/12 21:30 Fulhem 1-2 Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio 1-1 Bolonya
07/12 22:30 Espanyol 1-0 Rayo Valyekano
08/12 00:45 Napoli 2-1 Yuventus
08/12 01:00 Real Madrid 0-2 Selta
08/12 19:00 Piza - Parma
08/12 22:00 Udineze - Jenoa
09/12 00:45 Torino - Milan
09/12 01:00 Vulverhempton - Man. Yunayted
09/12 01:00 Osasuna - Levante

Eden Azar: «Meni tug‘ruqxonadan uyga emas stadionga olib borishgan»

Eden Azar: «Meni tug‘ruqxonadan uyga emas stadionga olib borishgan»

Baho:
+1 | -

Kamtar, mehnatkash, o‘ziga talabchan – bu xislatlar «Real» futbolchisi Eden Azarda mujassam. Uning quyidagi fikrlari ham xarakteri borasida xulosa chiqarishimizga imkon beradi.

***

Joze Mourinyo «Chelsi» bosh murabbiyi lavozimidan chetlatilganda, men unga telefon orqali xabar yubordim. Men undan kamchiliklarni ayta olmaganim uchun kechirim so‘radim – bu ham o‘sha davrda yomon o‘ynay boshlashimizning sabablaridan biri edi».

***

«Aniq aytish qiyin, lekin ikki yoki uch yoshligimdan beri doimo to‘p bilan o‘ynab kelaman. Men futbolga oshiq edim, bu haqiqat. Otam yaxshi futbolchi edi. Bir kuni onam ajoyib bir voqeani aytib berdi: biz tug‘ruqxonadan chiqib, to‘g‘ri stadionga borgan ekanmiz, chunki o‘sha kuni dadamning muhim o‘yini bor ekan».

***

 «Men Patrik Klyuyvert bilan birga qanday mashq qilganimizni eslayman. Menga uning ruhiyati juda yoqadi. Biz sport zalida shug‘ullanardik, u diqqat-e’tiborini mashg‘ulotlarga qaratgan, men esa uni tomosha qilib turibman. Shunda Patrik mening yonimga kelib: «Eden! Sen ham shunday qilishing mumkin!” dedi. Klyuyvert qattiqqo‘l yigit va kuchli futbolchi edi. Xususan, uning sharofati bilan futbol shunchaki o‘yin emasligini angladim: agar biron narsaga erishmoqchi bo‘lsangiz, o‘z ustingizda har kuni ishlashingiz va o‘z mahoratingizni oshirishingiz kerak".

***

“Men instinktlarga tayanib o‘ynayman. Keyingi daqiqada nima qilishim kerakligi haqida o‘ylamayman. Agar maydonda improvizasiya qilish imkoniyatiga ega bo‘lsam, u holda o‘z instinktlarimga to‘la taslim bo‘laman. Improvizasiya – bu mening hamma narsam”.

***

"Zamonaviy futbol haqida ko‘plab filmlar va dasturlar suratga olindi, internetda ko‘plab videolarni topishingiz mumkin. Ammo yoshligimda Ronaldinyo, Robinyo va boshqa texnikasi kuchli futbolchilarning o‘yinlarini tomosha qilardim. Ular menda juda katta taassurot qoldirishdi: bu o‘yinchilar hech qachon hiyla ishlatishdan qo‘rqishmaydi"

***

"Agar raqiblar meni shafqatsiz tazyiq bilan to‘xtatmoqchi bo‘lsalar, meni go‘yo xoch kabi kesib tashlashsa, jang usullarini ishlatmoqchi bo‘lsalar ham – muammo yo‘q. Men hammasini ko‘taraman!”

***

"Men to‘p bilan o‘ynashim bilanoq doimo bir xil vazifani bajaraman: ijodkor bo‘lishim va biror narsa yaratishim kerak".

***

"Agar men boshqa bosqichga o‘tib, yangi cho‘qqilarni zabt etishni istasam, albatta, bundan ham ko‘proq g‘alaba qozonishim kerak!"

***

"Men futbolni juda yaxshi ko‘raman. Murabbiy meni qaysi pozisiyaga qo‘yishni o‘ylashi shart emas: chap qanotda, o‘ngda yoki hatto markaziy hujumda. O‘z klubimga osongina yordam bera olaman. Bu mening ishim!”

***

"Bolaligimizda ukam Torgan bilan hovlida to‘p tepardik va bir kun klubda yoki hattoki terma jamoada o‘ynashni orzu qilardik. Mana, hammasi muvaffaqiyatli bo‘ldi".

***

"Menga dam olish kerakmi? Yo‘q, muntazam o‘ynashni yaxshi ko‘raman, pauzalar kerak emas. Menga futbol yoqadi, maydonda bo‘lishni va vazifalarni hal qilishni yaxshi ko‘raman. Albatta, organizm dam olishi lozim bo‘lgan paytlar ham bo‘ladi: bu holda murabbiyning meni zaxirada qoldirish haqidagi qaroriga xotirjam munosabat bildiraman, chunki men keyingi uchrashuvga tayyor bo‘lishim kerak».

***

"Hayotimdagi birinchi professional shartnomamni imzolagan kun esimda bormi? Ha, juda aniq! O‘sha paytda men shartnomani imzolaganimda xonada onam va otam, shuningdek, futbol akademiyasining direktori ham bor edi. O‘ylaymanki, ular men bilan faxrlanishdi. Men birinchi guruhdan mashg‘ulotlarni erta boshladim, 15 yoshda edim. Debyutimni esa o‘n olti yoshimda o‘tkazdim".

***

"Men uchun martaba va e’tiqod juda muhimdir. Asosiysi, jamoangiz uchun foydali bo‘lish, mavsum so‘ngida ramziy terma jamoalarga kirish esa ikkinchi darajali.

***

"Mening vazifam – gol urish va sheriklarimga yordam berish. Ammo bir vaqtning o‘zida himoyaga qaytishim kerak – muammo yo‘q. Men juda yoshman va baquvvatman, shuning uchun uzoq masofalarni muammosiz bosib o‘tishim mumkin».

***

 «Iqtidorni pulga sotib ololmaysiz. Agar u o‘zingizda bo‘lmasa, yaxshisi, boshqa ishni tanlang».

Manba: futbik.com
Kiritildi: 10:47, 22.11.2019.
O'qildi: 4914 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.