Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/12 00:45 Verona 0-1 Milan
21/12 01:00 Jirona 3-0 Valyadolid
21/12 17:30 Aston Villa 2-1 Manchester Siti
21/12 18:00 Xetafe 0-1 Malyorka
21/12 19:00 Torino 0-2 Bolonya
21/12 20:00 Brentford 0-2 Nottingem Forest
21/12 20:00 Ipsvich 0-4 Nyukasl
21/12 20:00 Vest Xem 1-1 Brayton
21/12 20:15 Selta 2-0 Real Sosyedad
21/12 22:00 Jenoa 1-2 Napoli
21/12 22:30 Kristal Pelas 1-5 Arsenal
21/12 22:30 Osasuna 1-2 Atletik Bilbao
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma - Parma
22/12 18:00 Valensiya - Alaves
22/12 19:00 Fulhem - Sautgempton
22/12 19:00 Lester - Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted - Bornmut
22/12 19:00 Everton - Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya - Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid - Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem - Liverpul
22/12 22:00 Atalanta - Empoli
22/12 22:30 Leganes - Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas - Espanyol
23/12 00:45 Monsa - Yuventus
23/12 01:00 Betis - Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze

Kutilmagan start

Kutilmagan start

Baho:
+ | -

Yangi mavsumni bir nechta grandlar omadsiz boshlagan bo‘lsa, ayrim kamtarin klublar ajoyib start oldi. Bugun ana shunday klublar haqida so‘z boradi.

"Kalyari"



Italiyada pastki pog‘onalardan  yurishiga o‘rganib qolganimiz “Kalyari” yangi mavsumda barchani hayron qoldirishda davom yetmoqda. O‘tgan mavsumda “qizil-ko‘klar” transfer uchun 38 million yevro ishlatishdi va bir nechta nomdor futbolchilarni ijaraga olishdi. Nandez va Naingolan singari futbolchilar shular jumlasidan. Klubning hujumdagi faoligini ta’minlab berayotgan Simionelarning kichigi va Joa Pedroni to‘xtatib qolish qiyin bo‘lmoqda. Bu ikki hujumchi allaqachon 11 ta gol kiritishga muvaffaq bo‘lgani so‘zimizga isbot bo‘la oladi. Hozirda “Kalyari” musobaqaning 4-o‘rnida bormoqda. Bu YECHL uchun kurash olib borish imkonini beruvchi o‘rin degani. E’tiborlisi shundaki, klub mavsumni o‘z uyidagi ikkita mag‘lubiyat bilan boshlagan bo‘lsada, 11 ta uchrashuvdan beri ochko yo‘qotganicha yo‘q. So‘nggi turlarda uyda yengilmayotgan klub “Roma” va “Torino” singari jamoalar bilan mehmonda ham ochko ishlab olishga muvaffaq bo‘ldi. Shuningdek, “Atalanta” va “Napoli” ustidan g‘alaba qozonishni ham uddalashdi va barchaning nazariga tushishdi. To‘g‘ri, bu tempni mavsum so‘nggiga qadar ushlab qolish juda mushkul,biroq kurashib ko‘rish uchun Rolando Morano shogirdlarida imkoniyat mavjud.

"Sivasspor"


Turkiya chempionatidagi gegemoniyalikka qaramasdan “Sivasspor” jamoasi birinchi pog‘onani hech kimga bermoqchi yemas. So‘nggi yillarda o‘rtamiyonalar qatoridan joy olishiga ko‘nikib qolganimiz “she’r yuraklar”ning bu mavsumda ishtaxasi yomon yemas. Ayniqsa, ketma-ket qozonilgan 4 ta g‘alaba jamoani turnir jadvalining birinchi pog‘onasiga chiqarib qo‘ydi. Tan olish lozim, “Beshiktosh”, “Galatasaroy”, “Fenerbahche” singari klublar ham o‘zining omadsiz yurishlari bilan “Sivasspor”ga yordam berib yubormoqda, lekin bu vaqtinchalik bo‘lishi hech gap yemas. Hozirda peshqadamlarni turkiyalik Rizo Chalinbay boshqarib bormoqda. Tarkibda Aruno Kone va Sergey Ribalka singari nomdor futbolchilar to‘p surmoqda. Klubdagi boshqa futbolchilar ham mashxurlikka yerishishni istasa, mavsumning qolgan qismi davomida peshqadamlikni hehc kimga bermasligi lozim.

“Lester”

Ushbu mavsumda birin-ketin rekordlarni yo‘qqa chiqarayotgan “tulkilar”ning “tomoshasi” davom yetmoqda. Brenden Rojers qo‘l ostida jamoa o‘ziga bo‘lgan ishonchni qaytarib olishga muvaffaq bo‘lgani tahsinga sazovar. 13 ta turdan so‘ng 29 ochko jamg‘arishga ulgurgan “Lester”ning ishlari chakki yemas. Hozirda klub gol kiritish borasida 2-o‘rinda borayotgan bo‘lsa, o‘tkazib yuborsmaslik borasida birinchi pog‘onani band qilgan. Vardi o‘zining ikkinchi yoshligini o‘tkazyotgan bo‘lsa, Medison, Tilemans, Cheglar singari yosh futbolchilar “Lester”ni yangi darajaga olib chiqish uchun mehnat qilishmoqda. Hozirda Brenden Rojers YECHLda ishtirok yetishni asosiy maqsad qilib ko‘rsatayotgan bo‘lsada, “tulkilar” chempionlikni ilib ketmasligiga kim kafolar beradi?!

“Borussiya Menhengladbax”



Ushbu klub hozirda “Bundesliga”da peshqadam yekanligidan xabaringiz bor. O‘rtamiyona jamoalardan biri sanaladigan jamoa 12 ta turda 25 ochko jamg‘arishni uddaladi va musobaqa peshqadamligini “Borussiya Dortmund”dan tortib oldi. Torgen Azarning ketishi salbiy ta’sir o‘tkazishi tahmin qilgan bo‘lsada, jamoa o‘zini yo‘qotib qo‘ymadi va o‘sishda davom yetdi. Mavsumdagi ilk ikki uy uchrashuvida atigi 1 ochko jamg‘aganiga qaramay, Menhengladbax o‘zini tiklab oldi va kurashga qo‘shildi. Hozirda klub fransiyalik hujumchi Pleaning atrofida qurilgan jamoaning ishlari chakki yemas. Bundesligadagi gegemonlardan (“Borussiya Dortmund”, “Bavariya”) farqli o‘laroq, jamoa asosiy e’tiborini Bundesligaga qaratgan va chempionlik uchun kurash ko‘rish imkoniyati mavjud. Voqeyalar rivojini kuzatishda davom yetamiz.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 22:43, 29.11.2019.
O'qildi: 7009 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.