Rossiyaning barcha klublari yevrokuboklarning ushbu mavsumidagi o‘z ishtiroklarini guruh bosqichida yakunlashdi.
«Zenit» va «Lokomotiv» Yevropa chempionlar ligasi guruh bosqichida so‘nggi o‘rinni egallashgan bo‘lsa, SSKA va «Krasnodar» Yevropa ligasida pley-offga chiqa olishmadi.
Bunday holat so‘nggi marta 18 yil avval yuz bergan bergan edi. 2001/02 yilgi mavsumda Rossiya jamoalar yevrokuboklarning bahorgi mavsumiga chiqa olishmagan edi.