Futbol tarixidagi eng mashxur “el-klasiko” laqabli uchrashuvning ahamiyati doimmo katta bo‘lib kelgan. “Real Madrid” va “Barselona” maydonda to‘qnash kelar ekan, keskin qarama-qarshilikka boy jangovar futbol ko‘rishingiz kafotlangan…
Statistika
Bu mavsumdagi “klassiko” 7 haftaga surilgan bo‘lsada, uning chempionlik poygasida tutugan o‘rni zarracha kamaygani yo‘q. Katta ehtimol bilan, chempionlik uchun kurash azaliy raqiblar o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan ko‘rinadi. Shunday ekan, bugungi uchrashuvda g‘alaba qozongan jamoada chempionlik uchun yahshigina imkoniyat paydo bo‘lishi aniq.
Darhaqiqat, bu klublar o‘rtasidagi keskinlik 90 yildan beri barchaning e’tibor markazida turibdi. Bu ayrim musobaqalarning ham yoshidan kattaroq qarama-qarshilik ekanligi turgan gap. “Barsa” va “Real” “La Liga” doirasida shu kunga qadar 179 bor to‘qnash kelishgan va ikki klubda ham 72 tadan g‘alaba mavjud! E’tibor bering 72 tadan! Bu shunchaki “daxshat”li statistika.
Agarda barcha musobaqalardagi “el-klasiko”larni qo‘shib hisoblasak, Katoloniyaliklarda 96 ta, Madrid klubida esa, 95 ta g‘alaba mavjud. Bu boradagi statistikaning o‘ziyoq jamoalar qanchalar bir-biriga munosib raqib ekanligini bildirib turibdi. Yer yuzida azaliy raqiblar yetarlicha topiladi, lekin ispaniyadagi to‘qnashuv ulardan musotasno. Sababi, bu jamoalar o‘rtasidagi uchrashuv hech qachon zerikarli o‘tmagan va o‘tmasa ham kerak. Aslida, Yohan Kroyfning futboli Katoloniya maktablarida o‘rgatilmaguniga qadar, “Real” birmuncha ustunlikka ega edi. Aynan “uchar golland” falsafasi “Barselona”ning imkoniyatlarini oshirdi va “el klasiko”ni yanada shiddatli bo‘lishini ta’minlab berdi. Ayniqsa, yangi asrning ilk 10 yilligidan so‘ng, “Barselona”da sezilarli o‘sish kuzatildi. Pep Gvardiolaning futbol olamida qilgan inqilobi o‘z so‘zini aytmay qolmadi va chempionat bahslarinning so‘nggi 13 tasidan atigi 4 o‘yindagina “Real Madrid” g‘olib chiqqan xolos. Hisob-kitoblarga qaraganda, “el-klassiko”larda o‘rtacha 3,6 tadan gol kiritilar ekan. Bu “Kopa Amerika”, “ECHL” singari nufuzli musobaqalardagi o‘yinlardanda tomoshaboproq uchrashuv bizni kutib turganini bildiradi. Bundan 17 yil avvalgina, bu jamoalar o‘rtasida nursiz durang qayd etilgan bo‘lib, keyinchalik boshqa bu natija qayta tabloda ko‘rnish bermadi. So‘nggi 10 yil ichida biz “Barselona” va “Real Madrid” o‘yining 37 hil ko‘rinishda davom etganiga guvoh bo‘ldik va jamoalar bizga 126 ta gol sovg‘a qilishdi va 3,1 million muxlis bu o‘yinlarni bevosita stadiondan turib kuzatdi.
Marhamat sahnaga chiqing janob Messi
Leo uchun “Real Madrid”ga qarshi bahslar o‘zgacha ahamiyat kasb etadi. So‘nggi 10 yil ichida barcha “klassiko”larda birinchi planda harakat qilgan qahramonimiz bugun bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda ham tashabbusni o‘z qo‘liga oladimi? Bo‘lish mumkin. Shunday bo‘lishiga qaramay, so‘nggi 5 ta uchrashuvda Messining sermahsulligi sezilarli darajada tushib ketdi. So‘nggi 5 ta “al-mumtoz”ning atigi 3 tasida asosiy tarkibda tushgan argentinalik hujumchi bor yo‘g‘i bir bor raqib darvozalarini ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘lgan. O‘tgan mavsumda Lopotegi boshchiligidagi “Real Madrid” 5:1 hisobida tor-mor etilgan o‘yinda Leo “Kamp Nou”ning VIP o‘rindiqlaridan o‘yinni tomosha qilgani yodingizda bo‘lsa, ajab emas.
Bu bahs oldidan nafaqat Messi, balki Luis Suares ham katta sahnaga chiqishi mumkin. So‘nggi 14 ta “el-klasiko”da 11 bor gol kiritishga muvaffaq bo‘lgan hujumchi ham o‘yinga o‘z ta’sirini o‘tkazishga qodir. Shu o‘rinda O‘zining eng yahshi mavsumini o‘tkazayotgan Ter Shtegenning ham ta’siri salmoqli bo‘lishi mumkin.
Madrid uchun katta imkoniyat
Katoloniya klubi o‘z uyidagi so‘nggi 10 ta uchrashuvda raqib darvozalarini 30 bor ishg‘ol qilishni uddaladi. Bundan ko‘rinib turibdiki, Madridlik mehmonlarga oson bo‘lmasligi aniq. Shunday bo‘lsada, Zidan o‘zining taktik ustuligi evaziga Valverdeni dog‘da qoldirishi mumkin. “Qirollik klubi” maydon markazidagi ustunlikni qo‘lga olishni birinchi planga olib chiqadigan ko‘rinadi. “Barselona”dan farqli o‘laroq, hozirda Zidan o‘zining o‘yin falsafasiga rang-baranglik kiritib bormoqda. Endilikda Zizu shogirdlari markazda 4 kishi bo‘lib, yoki himoyada 5 kishi bo‘lib ko‘rinish bermoqda va 3 yil davomida qo‘l kelgan strategiyaning yangilangan variyantini taqdim etishmoqda. Ushbu uchrashuvda katta ehtimol bilan asosiy yuk Karim Benzemaga yuklatilsa, ajab emas. Hujumchi sermahsullik borasida o‘zi uchun eng yahshi mavsumlaridan birini o‘tkazmoqda va maydondagi pozitsiyasini o‘zgartirib bormoqda. Endilikda u Ronalduga emas, butun jamoa unga o‘ynamoqda.
Tahminiy tarkiblar
“Barselona”: Ter Shtegen, Langlet, Pike, Samedu, Sergio Robertto, Rakitich, Buskets, De Yong, Suares, Grizman, Messi.
“Real Madrid”: Kurtua, Karvahal, Ramos, Varan, Mendi, Modrich, Valverde, Kazimiro, Kroos, Benzema, Beyl.
Tarkiblar borasida ikkita jamoada ham muammolar yo‘q emas. “Barselona” Usman Dembelesiz maydonga tushsa, “Real Madrid” Marselo va Eden Azardan foydalana olmadi. Bir qarashda, Azarning yo‘qotilishi ulkan ko‘rinadi, biroq u safda bo‘lganida ham katta ehtimol bilan “Barsa”ning pressingiga dosh bera olmas edi. O‘z sport formasi va kichik jarohatlarga o‘rlashib qolgan belgiyalik futbolchining o‘rtamiyona jamoalarga qarshi o‘yinlardagi statistikasining o‘ziyoq so‘zimizga isbot bo‘ladi desak, adashmagan bo‘lamiz. Afsuski, “Barselona” uchun ham Dembele ulkan yo‘qotish emas. Iqtidorli hujumchi beqaror o‘yin ko‘rsatgani bois, u jamoaning aniq bir mehanizmiga javob beruvchi futbolchi darajasiga ko‘tarila olmadi. Valverde uning o‘rnini Grizman yordamida ortiqcha qiyinchiliksiz berkitishga qodir. Marselo borasida ham shunday ahvol. Borgan sari asosiy tarkibdagi o‘rnini Ferlan Mendiga boy berayotgan himoyachining o‘yinlarida xatolar ko‘p kuzatilmoqda. Boz ustiga yosh ham sekin-asta o‘z kuchini ko‘rsatayotganiga guvoh bo‘lyapmiz. Shunday ekan, bugungi o‘yinning shiddati zarracha kamaymaslig aniq. Bugn tunda “el klasiko” laqabli eng mashxur qarama-qarshilikni o‘tkaazib yubormang!