Zamonaviy futbol arenalar nafaqat qulay, balki ko‘proq muxlisni o‘z bag‘riga sig‘dira olishi ham juda muhim. Futbolning tobora ommalashib borayotgani bois, stadionlarning sig‘imi ham kattalashib bormoqda. Bugun sayyoramizdagi eng ulkan 7 ta stadion haqida ma’lumot berib o‘tamiz.
7-o‘rin.“Sokker Citi”
Butun Afrikadagi eng muhtasham stadionlardan biri sanaluvchi “Sokker Citi” 1980-yilda Janubiy Afrika respublikasida bunyod etilgan. 2010-yilda bo‘lib o‘tgan Jahon Chempionati uchun qayta ta’mirlangan o‘yingoh dunyo standartlari darajasida qayta qad ko‘tarildi. Ayni damda, futbol va regbi uchrashuvlarini qabul qiluvchi stadionning sig‘imi 94 mingni tashkil etadi.
6-o‘rin. “Kamp Nou”
Yevropaning eng katta stadioni sifatida e’tirof etiluvchi o‘yingoh o‘z bag‘riga 99 354 muxlisni sig‘dirishga qodir. Tez orada qayta ta’mirlanishi kutilayotgan stadion to‘liq futbol uchun moslashgan bo‘lib, bazi-bazida katta kosertlarni ham qabul qiladi. Ispaniya me’morchilik san’ati durdonasi sanalmush o‘yingoh 1957-yilda bunyod etilgan.
5-o‘rin. “Ozodiy”
Taxminan 3 million kvadrat metr maydonda qad rostlagan “Ozodi” sport kompleksi 1974-1984 yillar oralig‘ida dunyoning eng ulkan stadion sifatida e’tirof etilgan. Tehron shahridagi stadion nafaqat poytaxt klublari, balki Eron terma jamoasining ham uy uchrashuvlariga mezbonlik qiladi. Ushbu stadion bir vaqtning o‘zida 100 000 muxlisni o‘z bag‘riga sig‘dira oladigan kam sonli stadionlardan biri.
4-o‘rin. "Bukit Jalil”
1998-yilda Malayziyada bo‘lib o‘tgan “do‘stlik o‘yinlari” uchun bunyod etilgan o‘yingoh 2007-yilda bo‘lib o‘tgan Osiyo kubogi uchun qayta ta’mirlanadi. Ulkan o‘yingo 100 200 muxlisga mo‘jallangan bo‘lib, Malayziya terma jamoasining uy stadioni hisoblanadi.
3-o‘rin. “Asteka”
Meksika poytaxti Mehikoda joylashgan o‘yingoh o‘zining mahobati bilan qolganlardan ajralib turadi. Bir vaqtning o‘zida 105 000 muxlisni qabul qiluvchi stadion 1986-yilda bo‘lib o‘tgan JCH guvohi sanaladi. Aynan ushbu stadionda Maradona o‘zining afsonaviy qo‘l bilan kiritlgan golini aynan shu stadionda nishonlagan.
2-o‘rin. “Solt Leyk”
1984-yilda qurib foydalanishga topshirilgan stadion Hindistonda joylashgan bo‘lib, asosan futbol va yengil atletika sport musobaqalarini o‘zida qabul qilishga mo‘ljallanga. Nafaqat ulkanligi, balki chiroyli dizayni borasida ham qolganlardan ajralib turivchi o‘yingohda Hindiston terma jamoasi o‘z uy uchrashuvlarini o‘tkazadi.
1-o‘rin. “1-may stadioni”
Yaqin orada birorta stadion Shimoliy Koreyadagi o‘yingohni muxlis sig‘imi borasida ortda qoldira olmasa kerak. Bir vaqtning o‘zida 150 ming muxlisga mo‘ljallangan ulkan arena nafaqat futbol o‘yinlari, balki turli bayram tadbirlarini ham o‘zida qabul qiladi. Stadionning balandligi 60 metr bo‘lib, 80 kirish va chiqish eshiklariga ega. Sayyoramizdagi eng ulkan o‘yingoh Shimoliy Koreya terma jamoasining uy uchrashuvlarini ham o‘zida qabul qiladi.