Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Futbol olamidagi aviahalokatlar

Futbol olamidagi aviahalokatlar

Baho:
+ | -

1979-yilda “Paxtakor”ning samoga sochilgan yulduzlari haqida eslar ekanmiz, yuraklar allanechuk bo‘lib ketadi. Darhaqiqat, aviahalokatlar ko‘plab kuchli jamoalarni katta hayotdan olib ketgan. Bugun “Paxtakor-79” singari havoga baxsiz hodisa qurboni bo‘lgan jamoalar haqida so‘z boradi.

 

«Grin Kross» 1961-yil

 

Chili futboliga tamal toshlarini qo‘ygan klublardan biri «Grin Kross» jamoasi 1961-yilda juda og‘ir judolikka uchragani ko‘pchilikning yodidan ham ko‘tarilib ketgan edi, biroq…

 

1961-yilning 3-aprel sanasida Chilining Osorio shahridan ortga Santiyagoga qaytayotgan jamoa samoliyoti Las-lastimas tog‘li rayonida barcha radarlardan yo‘qolib qoladi. Oradan 3 kun o‘tib Chili futbol federatsiyasi va ko‘ngililar tomonidan o‘tkazilgan qidiruv ishlari samara bermaydi va futbolchilar va ekipajdan iborat 22 inson daraksiz yo‘qolganlar qatoridan joy oladi. Oradan 1 yil o‘tib yanda kattaroq mashtabda o‘tkazilgan qidiruv ishlari foyda bermagach, «Grin Kross» klubi futbolchilari va uchuvchilar halok bo‘lgani ma’lum bo‘ladi va klub o‘z futbolchilarining olamdan ko‘z yumgani haqida rasmiy bayonot bilan chiqadi.

2015-yilda Chili tog‘larini zabt etish uchun Yevropadan kelgan alpinistlar tomonidan topilgan samoliyot qoldiqlari avvaliga barchada katta qiziqish uyg‘otadi. Tarixchilar tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv ishlaridan so‘nggina samoliyot qoldiqlari «Grin Kross» jamoasini Chili poytaxtiga olib ketayotgan tayyoraga tegishli ekanligi ma’lum bo‘ladi. Ushbu voqeya nafaqat Chili, balki butun Janubiy Amerika matbuoti tomonidan keng muhokamaga sabab bo‘lgani bilan yodda qolgan desak, adashmagan bo‘lamiz. «Grin Kross»klubi rahabrlari samoliyot parchalarining bir qismini klub muzeyida salqash uchun o‘zlari bilan olib ketishgan.

 

“Stronges” 1969-yil

 

1969-yilning bahorida butun Boliviyani titratib yuborgan baxtsiz xodisa yuz bergan desak, adashmagan bo‘lamiz. O‘sha davrlarda “Boliviya” futboli bayroqdori va eng katta qudratga ega klubi sanaluvchi “Stronges” jamoasining 16 ta futbolchi va 3 ta murabbiyi and tog‘lari bag‘ridagi Viloko shaharchasi yaqinida aviahalokatga uchrab olamdan ko‘z yumadi.

Baxtsiz xodisa umumiy hisobda 69 ta yo‘lovchi va 5 uchuvchining hayotiga zomin bo‘lgani achinarli xolat. O‘sha davrlarda Boliviya muoliyaviy muammolar qurshovida qolishiga qaramay,  Prezident Rafayel Mendosning tashabussi bilan bunyod etilgan klub o‘zining eng gullagan davrlarida baxtsiz xodisa qurboniga aylangani ko‘pchilikning yodidan ko‘tarilib ketgani aniq. Jamoa yetakchilari nobud bo‘lishgan bo‘lsada, Mendos ko‘p o‘tmay yangi jamoani shakillantirishni uddaladi va “Stronges” yana bir necha yil “Boliviya”ning birinchi raqamli jamoasi sifatida shoxsupadan tushmadi.

 

“Torino” 1949-yil

Ayni damda Italiyaning “Torino” klubi “A seriya”ning o‘rtamiyona jamoalaridan biri ekanligidan xabaringiz bor. 1940-50 yillarda esa, bu jamoa Yevropani zabt etgan chinakam superklub maqomida edi. 1946,1947, 1948-yillarda ketma-ket ichki birinchilikda g‘olib chiqqan “Torino” futbolchilarning deyarli barchasi Italiya terma jamoasi a’zolari bo‘lib, o‘sha davr yulduzlari edi desak, adashamgan bo‘lamiz.

1949-yilda Portugaliyada mahaliy “Benfika” va “Torino” o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi tashkil etiladi. Ertasi kuni ortga qaytib ketgan klub samoliyoti Katoloniyada yoqilg‘i quyib olish uchun to‘xtaydi. Bir necha soatdan so‘ng, yana yo‘lga chiqqan tayyora Turin shahri ostonasida soat tonggi 5 da quyuq tuman sababli aviahalokat uchraydi. Samoliyot bortida bo‘lgan “Torino”ning oltin avlod futbolchilarining barchasi (18 ta) bir lahzada bu yorug‘ dunyoni tark etgani achinarli xolat. Ulardan tashqari jamoa murabbiylari va jurnalistlar ham samoliyot parchalari tagida qolib ketishadi. O‘sha uchrashuvga jarohati sababli olib ketilmagan Lauro Tomani inobatga olmasak, “Torino” jamoasi o‘zining barcha zamonlardagi eng kuchli tarkibi bir kunda judo bo‘lgan.

 

Ushbu baxtsiz hodisadan so‘ng, klub o‘zini yo‘qotib qo‘ymagani hayratlanarli. Chempionat tugashiga 6 ta tur qolgan va “Torino” musobaqa jadvalini boshqarib turar edi. Jamoa rahbalrari o‘smirlar va o‘rinbosarlar tarkibidagi futbolchilar yordamida mavsum so‘ngiga qadar peshqadamlikni saqlab qolishgani tahsinga sazovor.

 

“Manchester Yunayted” 1958-yil

 

“Qizil ibislar” tarixadagi eng katta judolike sifatida tarixdan joy olgan Myunhen fojeasi haqida xabaringiz bor.

Belgrad shahrida bo‘lib o‘tgan uyindan so‘ng, “Basbi bolalarini” Manchesterga olib ketayotgan samoliyot Myunhen shaxrida yoqilg‘i quyib olish uchun to‘xtaydi. Tayyora uchuvchilari qor yog‘ayotgani sababli ikkita urunishda ham havoga ko‘tarilishni uddalay olishmaydi. Ekipaj Komandiri tezroq Manchesterga yetib olish uchun 3-urunishni amalga oshiradi. Samoliyot havoga ko‘tariladi, biroq uchish uchun yetarli masofaga ko‘tarilmay turib qor yog‘ishi jadallashib ketadi va samoliyot yerga qulab tushadi. Oqibatda, tayyora bortidagi 44 yo‘lovchining 21 tasi o‘sha ondayoq halokk bo‘lgan bo‘lsa, qolganlar tan jarohati bilan kasalhonaga yuboriladi. Nafaqat “Manchester Yunayted”, bali butun Angliya uchun qattiq judolik deb baholangan halokat qurbonlari hali-hanuz yod etib kelinmoqda.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 02:28, 24.12.2019.
O'qildi: 3471 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.