Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-1 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon 3-0 Dinamo
23/11 17:30 Lester 1-2 Chelsi
23/11 18:00 Valensiya 4-2 Betis
23/11 19:00 Verona 0-5 Inter
23/11 20:00 Bornmut 1-2 Brayton
23/11 20:00 Arsenal 3-0 Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa 2-2 Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton 0-0 Brentford
23/11 20:00 Fulhem 1-4 Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko 2-1 Alaves
23/11 22:00 Milan 0-0 Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti 0-4 Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas 2-3 Malyorka
23/11 22:30 Jirona 4-1 Espanyol
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid
25/11 00:45 Lasio - Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze

Bobur Akmalov maqolasi: «Tehron qo‘rqinchlimi?»

Bobur Akmalov maqolasi: «Tehron qo‘rqinchlimi?»

Baho:
+ | -
Bo'lim: OSIYO

Italiyaning "Inter" klubi sobiq bosh murabbiyi Andrea Stramachchoni 2019 yil iyunida Eron poytaxti Tehronning «Istiqlol» klubiga bosh murabbiy etib tayinlandi. Osiyoning ikki marta chempioni, mamlakatning bir necha marta chempioni, eng mashhur klublardan biri bo‘lmish «Istiqlol» jamoasiga sovrinlarni olib kelish uchun tayinlangan italiyalik kouch ko‘p o‘tmay Tehronni tark etdi. Nega? Bu qanday sodir bo‘ldi?

Stramachchoni yarim yilgina ishladi. Yaqindagina, shu dekabr oyida u Tehrondan ketdi. Jamoa chempionatda 1-o‘rinda borayotgandi. Italiyalik mutaxassisga esa maoshini bermay kelishayotgandi.

"Umuman olganda, Eronda hammasi g‘ayritabiiy edi", — deydi Stramachchoni.

«Klubga meni o‘sha paytdagi sport direktori Qatir taklif qilgandi. U mening boshqaruvimdagi "Inter"ni Yevropa ligasida ko‘rgan edi. Ammo tez orada rahbariyat bilan chiqisha olmay, jamoani tark etdi. Klubdan men taniydigan, men biladigan yagona odam ketdi. G‘alati ishlar shundan keyin boshlandi.

Misol uchun, biz Tehronda 4 kun mobaynida "Napoli" va "Fiorentina" sobiq himoyachisi Milich bilan muzokaralar olib bordik. Kelishuvga erishdik va futbolchi chiptani kuta boshladi. Klub rahbariyati esa futbolchining chiptasini olib berishni paysalga solaverdi. Men jamoa prezidentiga qo‘ng‘iroq qildim. U hammasi joyida ekanligini aytdi, kelishib oldik. Keyin men o‘z yonimdan futbolchiga chipta sotib oldim. Milich uchib keldi, aeroportda 8 soat kutib o‘tirdi, uni mamlakatga kirgizishmadi va u kechasi Dubayga uchirib yuborildi. Men iste’foga chiqishimni aytdim. Shundan keyingina Milich masalasini hal qilishdi. Ertasi kuni u biz bilan birga edi».

«Birinchi o‘yin, stadion to‘lib toshgan. Men esa tarjimonni topa olmayapman - u g‘oyib bo‘lgandi. Jamoada hech kim inglizchani bilmas ekan. O‘yin tugadi. Biz 96-daqiqada gol o‘tkazib yuborib, mag‘lub bo‘ldik. Tilmoch esa tribunada o‘tirgan ekan - nima uchundir unga texnik hududda bo‘lishga ruxsat berishmabdi. Yana bir tarjimon bor edi - matbuot anjumanlari uchun. Lekin u italyan tilini yaxshi bilmasdi, mening gaplarimni jurnalistlarga boshqacha yetkazardi, bir nimalarni to‘qib tashlardi. Unga ishonmasdim. Shuning uchun inglizcha gapirishga harakat qilardim.

«Istiqlol» klubini hukumat odamlari boshqarishadi. Doim kimdir meni kuzatayotganini his qilardim. Bir kuni menga qo‘ng‘iroq qilishdi. Dam olish kuni edi. Qandaydir tadbirga zudlik bilan borishim zarur emish. Men bormasligimni aytdim, axir o‘sha payt supermarketda yurgandim, boz ustiga sport kostyumida edim. Hech qanaqasiga ulgurmasdim. Chiqdim, taksiga o‘tirdim. Biroz yurgach klub rahbarlari taksichining qo‘l telefoniga qo‘ng‘iroq qilishdi va meni marosimga olib borishini aytishdi. Tasavvur qilyapsizmi, ular mutlaqo tasodifiy taksichining qo‘l telefoniga qo‘ng‘iroq qilishyapti!!! Shundan keyin hatto uyimdan chiqishga qo‘rqib qoldim».

Shunga qaramay, Stramachchoni Tehronga qaytishni xohlayapti. U jamoani turnir jadvalidagi oxiridan bitta yuqori o‘rindan 1-o‘ringacha olib chiqqandi va endi shartnoma va maoshi bo‘yicha FIFA qarorini kutyapti. Klub prezidenti iste’foga chiqdi, direktorlar kengashining 5 vakili Sport vazirligi tomonidan lavozimidan chetlatilishi kutilmoqda. «Men qaytishni, yangi shartnoma imzolab, jamoa bilan yuqori marralarni zabt etishni juda xohlayman». Bu Stramachchonining Italiya OAVga bergan bayonoti.

Qo‘rqinchli Tehron, shunday emasmi?

Bobur Akmalov.

Kiritildi: 07:57, 26.12.2019.
O'qildi: 4647 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.