Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:00 Strasbur 2-1 Mets
13/05 00:00 Klermon 0-1 Lion
13/05 00:00 Nant 1-2 Lill
13/05 00:00 Monpelye 0-2 Monako
13/05 00:00 PSJ 1-3 Tuluza
13/05 00:00 Renn 1-1 Lans
13/05 00:00 Marsel 3-1 Loryan
13/05 00:00 Betis 3-2 Almeriya
13/05 19:00 Surxon 1-1 Dinamo
13/05 19:00 Nasaf 0-0 Bunyodkor
13/05 21:30 Lechche 0-2 Udineze
13/05 23:45 Fiorentina 2-1 Monsa
14/05 00:00 Aston Villa 3-3 Liverpul
14/05 00:00 Barselona 2-0 Real Sosyedad
14/05 19:00 Lokomotiv - OKMK
14/05 22:30 Osasuna - Malyorka
15/05 00:00 Tottenhem - Manchester Siti
15/05 00:30 Real Madrid - Alaves
15/05 01:00 Jirona - Vilyarreal
15/05 22:30 Sevilya - Kadis
15/05 22:30 Rayo Valyekano - Granada
15/05 23:45 Brayton - Chelsi
16/05 00:00 Man. Yunayted - Nyukasl
16/05 00:00 Reyms - Marsel
16/05 00:00 Nissa - PSJ

Yurgen Klopp va Brendon Rojers kechagi uchrashuv haqida qanday fikrda

Yurgen Klopp va Brendon Rojers kechagi uchrashuv haqida qanday fikrda

Baho:
+ | -

Kuni kecha APL poygasida birinchi va ikkinchi o‘rinda ketayotgan jamoalar to‘qnashuviga guvoh bo‘ldik. Qiziqarli o‘tgan bahsda musobaqa peshqadamlari yirik hisibda g‘alaba qozonishdi. O‘sha uchrashuvdan so‘ng, murabbiylar tomonidan bildirilgan fikrlar bilan tanishtirib o‘tamiz.

 

Yurgen bu mavumda oldingisiga nisbatan yaxshiroq natijalar qayd etyapsizlar. Natija sizni qoniqtirmoqdami?

 - Ha albatta, natijalardan qoniqyapman. Biz “Manchester Siti”ga qarshi ajoyib o‘yin o‘tkazdik. “Arsenal”ga qarshi ham yaxshi o‘yin o‘tkazdik. Biz bir nechta ko‘ngildagidek futbol namoyish etdik, biroq avvalgidan yaxshiroq to‘p surmayapmiz. Shunchaki, biroz o‘zgacharoq uslubdan foydalanyapmiz. “Lester”ga qarshi biz uchun kerakli bo‘lgan uslubda harakatlandik va raqibdan yaxshiroq ko‘rindik. Eng muhimi darvozamiz oldida muammolar paydo bo‘lmadi. Menin yigitlarim bugungi uchrashuvda 100 foiz kuch bilan harakatlanishdi. Bu bizga katta yordam berdi.

Ayni damda ikkinchi o‘rindagi klubdan 13 ochkoga oldinlab ketdingiz. O‘tgan mavsumda ham 19-turdan so‘ng, shunday vaziyat kuzatilgan edi. Ayni damdagi vaziyatga qanday munosabat bildirasiz?

- Savolingizdagi raqamlar o‘zgaqrganini alohida qayd etmoqchi edim. Ayni damda biz 13 ochkoga ilgarilab ketdik, lekin bu ustunlikni his qilmayapmiz. Biz bu haqida o‘ylamayapmiz ham. Bu faktorga e’tibor bermadik ham. Sabab, bu biz uchun qiziq emas. Biz nimalar bo‘layotganini va o‘tgan mavsumda nimalar bo‘lganini juda yaxshi his etib turibmiz. Men shunday degan bo‘lardim. Shu kunga qadar birorta APL jamoasi 13 ochkolik farqqa ega bo‘lib turib, APL g‘olibligini qo‘lidan chiqarib yubormagan. Menimcha chempionlikni qo‘ldan chiqarb yuborish haqida salbiy fikr yurutish shart emas. Shunday ekan, bu haqida o‘ylash kerak emas. Bor e’tiborimizni oldimizdagi o‘yinlarga qaratishimiz shart. Hademay bizni “Vulvurhempton”, “Sheffild”,“Everton”, “Tottenhem” va “Manchester Yunayted”ga qarshi uchrashuvlar kutib turibdi. Men bu o‘yinlara bemalol to‘p suramiz deb hisoblamayman. Bizning vazifamiz mana shu uchrashuvlarda kerakli natijani qo‘lga kiritish. Hozirgi kunda asosiy vazifamiz mana shu raqiblarga qarshi tayyorgarlik ko‘rish va tayyor ekanligimizni chuqur his etishdan iborat. Shunday ekan, musobaqa jadvalidagi o‘rnimiz bizga bosim o‘tkazmaydi.

Brendon Rojers

- Bu jamoani to‘xtatib qolishning iloji yo‘q edi. Fantastik jamoa! Ularda g‘oliblik ruxi mavjud. Mana bir necha oydan beri mag‘lubiyatsiz seriyani davom ettirib kelishmoqda. Bundan tashqari, tarkibida bor e’tiborini murabbiy tomonidan berilgan ko‘rsatmalarga qaratgan sifatli va tajribali futbolchilardan tashkil topgan jamoa. Ular boshlagan ishlarini yakunlab qo‘yishga ruhan tayyor.

Bizga keladigan bo‘lsak, so‘nggi ikkita uchrashuvni dunyoning eng kuchli klublariga qarshi o‘tkazganimizni aytib o‘tmoqchi edim. Ortiqcha so‘zga xojat yo‘q deb hisoblayman.

Manba: sports.ua
Kiritildi: 21:31, 27.12.2019.
O'qildi: 3893 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.