Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina

Ronaldu chempionlikka bitta so‘z bilan munosabat bildirdi

Ronaldu chempionlikka bitta so‘z bilan munosabat bildirdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: OSIYO / Futbolchilar
Rukn: Yangiliklar

«An-Nasr» 2019 yildan buyon ilk marotaba Saudiya Arabistoni chempioniga aylandi. Jamoa Pro-ligada «Al-Hilol» klubini ikki ochkoga (86 ga qarshi 84) ortda qoldirgan holda birinchi o‘rinni egalladi. Yulduz Krishtianu Ronaldu uchun bu «An-Nasr» safidagi ilk chempionlik tituli bo‘ldi.

Chempionatning «Damak»ka qarshi kechgan so‘nggi uchrashuvidan ko‘p o‘tmay, 41 yoshli futbolchi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga yangi post joylashtirdi.

«Chempionlar!» — deb yozdi Ronaldu o‘z suratlari jamlanmasi ostiga. Suratlarning birida u qo‘lida bosh sovrinni tutib turganini ko‘rish mumkin.

Krishtianu Ronaldu «Damak»ka qarshi bahsda dubl qayd etdi. Portugaliyalik yulduz 2023 yilning boshidan buyon «An-Nasr» sharafini himoya qilib kelmoqda. Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasining JCH-2026 uchun yakuniy qaydnomasiga kiritilgan edi.

Kiritildi: 11:19, 22.05.2026.
O'qildi: 2834 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик