"Barselona" "Real" tomonidan kataloniyalik klubning Hakamlar texnik qo‘mitasi sobiq vise-prezidenti Xose Mariya Enrikes Negreyra bilan aloqalariga doir hujjatlar UEFAga taqdim etilgani haqidagi xabarlardan so‘ng bayonot berdi.
"UEFA "Barselona"ga qarshi yangi intizomiy ish ochmadi. Ushbu ishlar 2023 yilda ikki nafar tergovchi tayinlanishi bilan boshlangan. Ular qayta ochilgani yo‘q, chunki hech qachon yopilmagan edi", — deyiladi klub rasmiy saytidagi bayonotda.
Shuningdek, xabarda mazkur jarayon Ispaniyadagi jinoiy ish bilan bog‘liq ekani ta’kidlangan. "Barselona" tergov boshlanganidan buyon klub UEFA lisenziyalarini hech qanday e’tirozlarsiz olishda va tashkilot tasarrufidagi musobaqalarda ishtirok etishda davom etayotganini ham qayd etdi.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yilda "Barselona"ga Ispaniya Qirollik futbol federasiyasida ishlagan Negreyraga amalga oshirilgan to‘lovlar bilan bog‘liq poraxo‘rlik ayblovi qo‘yilgan edi.
Klub 2001 yildan 2018 yilgacha bo‘lgan davrda Negreyraga 8 million yevrodan ortiq mablag‘ to‘laganlikda ayblangan.













