Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Angela Merkel qaysi futbol klubiga muxlislik qiladi? Trampchi?

Angela Merkel qaysi futbol klubiga muxlislik qiladi? Trampchi?

Baho:
+ | -

Futbolga siyosatni aralashtirish yaxshi emas, biroq siyosatchiar ham biz kabi inson ekanligini unutmaslik lozim. Mashxur siyosatchilarning ayrimlari futbolning shaddiy muxlisi ekanligidan xabaringiz bormi? Bugun “DailyMail” nashri tomonidan e’lon qilingan ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashib o‘tamiz.

Angela Merkel

Germaniyaning uzoq yillardan beri boshqarib kelayotgan Angela Merkel futbolning ashaddiy muxlisasi desak, adashmagan bo‘lamiz. Qahramonimiz mana bir necha yillardan beri Kutbus shaxarchasidagi “Energi” klubi muxlisasi hisoblanadi. Shaxar aholisi soni 30 mingdan ortamasada “Bundesliga”ning quyi divizionlarida muntazam ishtirok etib kelmoqda. Merkelning nima uchun aynan “Enirgi”ni qo‘llab-quvvatlashi nomalum. Bu borada barchaning o‘z qarashlari mavjud. Eng qizig‘i shundaki, Merkel nafaqat kichik klubning muxlisasi, balki klub prezidentlari kengashi a’zosi ham hisoblanadi. Siyosatchi bo‘sh vaqtlarida jamoa o‘yinini ko‘rish uchun stadionga kam tashrif buyuradi, biroq doimmo ruhan jamoani qo‘llab turishi aniq.

 

Norvegiya qiroli

Xarl beshinchi ham futbolning ashaddiy muxlislaridan biri desak, adashmagan bo‘lamiz. Bu yurtda qishki sport turlariga qiziqish katta bo‘lsada, Xarl futbol uchrashuvlarini o‘tkazib yubormaslikka urunadi. Xo‘sh uning sevimli jamoasini “Molde”mi yoki “Rossenburg”? Topa olmadingiz. Norvegiya qiroli “Tottenhem” jamoasining ashaddiy muxlisi hisoblanadi. Qirol bo‘lishiga qaramay, o‘z sevikli jamoasi o‘yinlarini kuzatish uchun tez-tez Londonga tashrif buyuruvchi muxlis bu boradagi qarashlarni yashirib o‘tirmaydi. Uning vatandoshi “Manchester Yunayted”ni boshqarib kelayotganiga qaramay, qirol Xarl “Tottenhem”ga muxlislik qilishda davom etmoqda.

 

Gollandiya qiroli

 

Nederlandiya qiroli Villem Aleksandr terma jamoaning birorta uchrashuvini o‘tkazib yubormaslikka harakat qiladi. Katta musobaqalardagi o‘yinlarni-ku gapirmasa ham bo‘ladi. Bundan tashqari, uning turmush o‘rtog‘i ham futbolga begona emas. Barchani hayratlantirgan narsa shundaki, Gollandiya qiroli “Ayaks” klubining chinakam “fanat”laridan biri bo‘lsa, turmush o‘rtog‘I Amsterdamliklarning azaliy raqibi “Feynord”ning muxlisasi sanaladi. Bu insonlar o‘z ijtimoiy tarmoqlarida shu mavzu borasida ko‘p izoh qoldirishni xush ko‘rishadi. Futbol mutaxassislarning fikricha, qirol va uning rafiqasi futbolga bo‘lgan e’tiborning yanada oshishi uchun ham ikki azaliy raqiblarga muxlislik qilishar ekan. Yana kim biladi deysiz?

 

Angliya shaxzodalari

Britaniyadagi eng mashxur shaxslar sanaluvchi aka-uka shaxzodalar ham futboldan chetda qolishmagan. Shu o‘rinda aytib o‘tish lozim. Qirol oilasining barcha a’zolari futbolga befarq emas. Masalan, shaxzoda Garri Uilyams Londonning “Arsenal” jamaosiga muxlislik qilsa, uning akasi Shaxzoda Uilyamning “Aston Villa”ga mehri bo‘lakcha. Qirolicha Yelezaveta ham Shaxzoda Garri singari “Arsenal” jamoasi muxlisasi ekanligidan xabaringiz bo‘lsa, ajam emas.

Donald Tramp

Ayni damda AQSH prezidenti lavozimda faoliyat olib borayotgan Donald Tramp o‘zi haqida ko‘plab kitoblar yozgani hech kimga sir emas. AQSH prezidentligiga saylanishdan oldin yozilgan  kitoblardan birida, siyosatchi Amerika futboli va tennisni yaxshi ko‘rishi haqida yozadi. Ortidan esa, ota-boblari yurti bo‘lmish Shotlandiyaning “Glazgo Reynjers” jamoasiga befarq emasligini qo‘shib qo‘yadi Darhaqiqat, siyosatchi bu borada kitobining taqdimotida ham biroz to‘xtalib o‘tadi. Ayni damda, uning qarashlari o‘zgargan bo‘lishi mumkin. Balki o‘zgarmagandir?!

Kim Chen In

Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen Inning futbolga qiziqishi bor gap. Aynan uning tashabbusi bilan bunyod etilgan stadion ayni damda dunyoning eng ulkan arenasi ekanligi haqida avvalroq ham xabar bergan edik. Ko‘plab Britaniya nashrlari tomonidan berilgan ma’lumotlarga qaraganda, siyosatchi Shimoliy Koreya terma jamoasining birorta o‘yinini ham o‘tkazib yubormas ekan. Bundan tashqari, qahramonimiz Angliyaning “Manchester Yunayted” klubining o‘yinlarini ham muntazam kuzatib borishni kanda qilmaydi. Bu ma’lumotni birinchi bo‘lib aynan “DaliyMail” nashri e’lon qildi. Oradan ancha vaqt o‘tgan bo‘lsada, Shimoliy Koreya matbuoti bu ma’lumotni yolg‘on ekanligi haqida ovoza qilmadi.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 02:27, 30.12.2019.
O'qildi: 10755 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.