Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/11 00:45 Milan 3-1 Inter
01/11 01:00 Barselona 6-1 Alaves
01/11 01:00 Aston Villa 1-1 Fulxem
01/11 16:00 Lokomotiv 1-2 OKMK
01/11 16:30 Komo 1-0 Venesiya
01/11 18:00 Xetafe 3-1 Sevilya
01/11 19:00 Frozinone 2-0 Torino
01/11 19:00 Lasio 2-1 Kalyari
01/11 20:15 Rasing 0-3 Real Madrid
01/11 21:30 Liverpul 0-1 Arsenal
01/11 22:00 Lechche 1-2 Jenoa
01/11 22:30 Elche 0-1 Valensiya
02/11 00:45 Yuventus 2-0 Napoli
02/11 01:00 Atletik Bilbao 2-1 Real Sosyedad
02/11 22:30 Sassuolo - Fiorentina
03/11 00:45 Atalanta - Parma
03/11 01:00 Deportivo - Osasuna
03/11 01:00 Nyukasl - Everton

Birinchi bo‘limdan so‘ng: biz ko‘p mudrayapmiz

Baho:
+ | -

Janubiy Koreyaga qarshi o‘yinning birinchi bo'limi, tan olishim kerak, men kutgandek o‘tmadi. Xitoyga qarshi o‘yindan keyin ochig‘i bugungi bahsda futbolchilarimizdan ko‘proq narsa kutgandim.

Dunyo futbolida shunday klublar bor: o‘yinning dastlabki 10 daqiqasida shturm uyushtiradi. Ayniqsa, raqib o‘zidan kuchli bo‘lmasa. Bugun Janubiy Koreya o‘yinni ana shunday taktika bilan boshladi. Aslida, koreyslar deyarli hamma o‘yinni shunday o‘tkazishadi. Buni biz bilardik, futbolning ashaddiy muxlislari ham bilardi, ehtimol, Drulovich va futbolchilar ham bilar. Ammo ana shu taktikaga qarshi tayyorgarlik ko‘rishmagani sezildi.

Bugun bizga bir jihat pand berdi: dovdirash. Futbolchilarimizga raqib hujum uyushtirganda ichki xotirjamlik yetishmayapti. Dovdirashyapti, to‘pni hatto raqibga uzatib berishyapti, ba’zan 3-4 nafar himoyachimiz bir joyda turib qolib, raqib futbolchisi ochiq qolib ketyapti.

Gol ham raqibni tuzukroq o‘rganmaganimiz natijasida kiritildi. Chunki koreyalik futbolchilarning uzoqdan zarba yo‘llashlarini bilardik, ammo xuddi shu usulga qarshi chora qo‘llay olmadik. Natijada gol urildi.

Bugungi o‘yin uchun taktika tanlashda Amerika ochish shart emasdi. Bizda ikkita yo‘l bor edi: yo birinchi raqam ostida hujumkor o‘ynash, yoki ikkinchi raqam ostida harakat qilib qarshi hujumda raqibni tutish. Har ikkala holatda ham pressing qilish. Birinchi usul bizga to‘g‘ri kelmaydi: chunki raqib Janubiy Koreya, qolaversa, tarkibda kuchli raqibga qarshi hujumkor o‘ynaydigan yigitlar juda kam. Demak, ikkinchi taktikani qo‘llash kerak edi. Ammo o‘yinda ko‘rindiki, ikkinchi taktika ham qo‘llanmadi. Yo Drulovichning buni tushunib yetmagan, yoki tarkibimizda qarshi hujumga yaraydigan futbolchilar ham, afsuski, kam.

Birinchi bo‘limdagi o‘yinda menga yoqmagan jihat: futbolchilarda jonkuyarlik yo‘q, borini berib o‘ynash yo‘q. Sharhlovchi Bobur Akmalov aytganidek yonidan o‘tib ketayotgan to‘pni oyoq uzatib to‘xtatib qolish yo‘q futbolchilarimizda, ya’ni oxirigacha harakat qilish, har qanday holatda ham urinib ko‘rish xislati yetishmadi.

Bir jihat aniq, agar Janubiy Koreyaga g‘alaba suv va havodek zarur bo‘lganida birinchi bo‘limning o‘zida kamida ikkita gol o‘tkazardik.

 

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 16:06, 15.01.2020.
O'qildi: 5973 marta.
Fikrlar: 17 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


счётчик