Kirish Ro'yxatdan o'tish

O‘zil «Arsenal» tarkibida qoladimi?

O‘zil «Arsenal» tarkibida qoladimi?

Baho:
+ | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

Londonning «Arsenal» klubi yarim himoyachisi Mesut O‘zil jamoani tark etish niyati yo‘qligini tasdiqladi.

Avvalroq, germaniyalik futbolchi jamoa bosh murabbiyi Unai Emeri bilan munosabati yomonlashgani sabab, jamoani tark etish niyatida edi. Lekin jamoaga Mikel Arteta bosh murabbiy etib tayinlanganidan keyin, O‘zil kamida shartnomasi yakunlangunicha jamoada qolshini bildirdi.

— Shartnomamdan mamnunmas, — dedi O‘zil. — Men bu yerda joriy mavsumning ikkinchi qismida va kelasi mavsumda qolaman. Kelajakda nima ro‘y berishini bilmayman”.

Yarim himoyachining «kanonirlar» bilan tuzgan shartnomasi 2021 yilning yozida o‘z yakuniga yetadi. Agar jamoalar shartnomani uzaytirib borasida kelisha olmasa, u holda O‘zim bir yarim yildan keyin jamoani erkin agent sifatida tark etadi.

O‘zil «Arsenal» safida 2013 yildan beri o‘ynab kelmoqda.

Kiritildi: 15:31, 16.01.2020.
O'qildi: 2050 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.