Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Iqtiboslar. Xavi: «To‘pni nazorat qilgan o‘yinni ham nazorat qiladi»

Iqtiboslar. Xavi: «To‘pni nazorat qilgan o‘yinni ham nazorat qiladi»

Baho:
+1 | -

Katoloniyaning “Barselona” klubini boshqarishi tahmin qilingan murabbiy har doim ham intervyu beravermaydigan toifadandir. Shu sababli, Xavi aytgan har bir so‘z deyarli iqtibos darajasiga ko‘tarilib ketadi. Bugun Xavi aytgan eng mashxur iqtiboslarni yodga olib o‘tamiz.

“Barselona” haqida

Men doimmo Yevropada faqat va faqat “Barselona”da to‘p suraman deb va’da bergan edim. O‘z so‘zimning ustidan chiqdim. “Kamp Nou” stadioniga boshqa jamoa libosida chiqishni hech qachon tasavvur qilmaganman.

Mashxurlikka erishishi

Men haqimda 2008-yildagi Yevropa chempionatidan so‘ng tinimsiz so‘zlashni boshlashdi. Men doim bir hil pozisiyada harakat qilgan bo‘lsamda, aynan o‘sha musobaqa menga mashxurlik olib keldi. Buning sababi, men qit’a birinchiligiga kelib futbolchi sifatida professional  o‘sishga erishgan edim va juda hotirjam edim. Mashxurliknin kaliti aynan shu deb o‘ylayman.

Ijtimiy tarmoqlar

Menimcha ijtimoiy tarmoqlar futbolchilar uchun muxlislar bilan yaqinroq bo‘lish  imkoniyatini yaratadi. Eng muhimi esa, hech qanday majburiyatlarsiz ular bilan aloqaga kirishish mumkin. Mening ijtimoiy tarmoqlarga munosabatim ijobiy.

“Barselona”ning g‘alabalari haqida

Katoloniya klubining 21-asrdagi barcha g‘alabalari zamirida “La Masiya” akademiyasining tutgan o‘rni beqiyos.

Frank Reykard haqida

U menga ishonmadi. Doimmo menda kuchli jismoniy tayyorgarlikni talab qildi. Aytishicha, futbolchi uchun aynan shu omil ulkan g‘alabalar olib kelarmish. Bir qarashda uning fikrlarini o‘z tastig‘ini hayotda topayotganiga guvoh bo‘lyapman.

O‘zi haqida

Men romantikman. Shuningdek futbolchilarning jismoniy imkoniyatlari emas, tehnik salohiyati qadrlanayotganidan ham mamnunman. Agar, futbol jimoniy kuchga to‘liq tayansa, o‘zining asl jozibasini yo‘qotib qo‘ygan bo‘lar edi.

OAV

Men turli sport gazetalarini va internetdagi maqolalarni o‘qib turishni xush ko‘raman. Sababi, futbol menning hayotim. Bundan tashqari, bu mening ishlab pul topishim manbayi ekanligini unutmaslik lozim. Shu sababli, undagi eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lib turishim shart.

Futbolni analiz qiluvchi yangicha zamonaviy uslublar haqida

Bugungi kunga kelib bir futbolchining o‘yin davomida necha bor to‘p uzatishni amalga oshirgani, yoki to‘pni yo‘qotib qo‘yganini hisoblash juda oson. Zamonaviy murabbiylarning qo‘llarida o‘yinning molekulalarigacha tahlil qilish imkoniyati mavjud. Men o‘zim to‘p surgan chog‘larda hech qachon statistik ma’lumotlarga e’tibor qaratmaganaman. O‘yin tugagach, qabul qilgan har bir qaroromni  qarorlarimning qay biri to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri bo‘lganini haqida o‘ylar edim. Hech qachon raqamlarga e’tibor qaratmaganman. Futbolchi uchun bu to‘g‘ri tanlov deb hisoblayman.

Messi haqida

Leo men uchun barcha zamonlarning eng yaxshi futbolchisi. Menimcha u 22 yoshidayoq sayyoramizning eng kuchli futbolchisiga aylanib bo‘ldi. Shu kunga qadar hech kim u bilan tenglasha olmayapti. Messi faqat o‘zi bilan o‘zi kurash olib boryapti. Bu kurashda u ba’zan yenggadi ba’zan esa yengiladi. Agar u bilan bir jamoada to‘p surib maydonda kerakli tandem hosil qilishni uddalay olmasangiz, futboldan keting! Bu aniq siz uchun emas.

Angliya haqida

Bizda “Liverpul” yoki “Manchester Yunayted”ning muxlislari bo‘lganida 20 marta YECHL kubogini qo‘lga kiritgan bo‘lar edik. Ispaniyada muxlislar o‘yin ular istagan ko‘rinishda boshlanmasa, stadionni darrov tark etishni boshlaydi.

O‘yin falsafasi

To‘pni nazorat qilgan – o‘yinni ham nazorat qiladi!

Kataloniya va Madrid

Men katoloniyaliklarman. Bu yerda mening qonim to‘kilgan. Madrid Kataloniyani hurmat qilishi haqida tinmay so‘zlamoqda, biroq biz bilan dialogga kirishishdan cho‘chimoqda. Bu xuddi sizning yaqin do‘stingiz qo‘ng‘iroq qilganingizda telefonini ko‘tarmaganidek gap.

U havas qilgan futbolchi

Skouls chinakam yarim himoyachilar uchun na’muna vazifasini o‘tab berishga qodir. U men ko‘rgan futbolchilar ichida eng zo‘ri. Pol men orzu qilgan barcha imkoniyatlarga ega edi. Jismonan baquvvat, so‘nggi pasga ega va maydonni juda yaxshi ko‘ra olar edi. Eng muhimi hech qachon to‘pni yo‘qotmas edi.

O‘z pozisiyasi haqida

Men maydonda to‘p surayotgan chog‘im hech qachon biror pozisiyada muhim harakat qilmaganman. Qayerda to‘p bo‘lsa, doimo o‘sha yerda paydo bo‘lar edim. Mening vazifam bo‘sh zonalar yaratish va sheriklarimga erkinroq o‘ynash imkoniyatini yaratib berishdan iborat edi.

Futbolda yashab qolish

Menga doimmo ingiliz futbolining tezligi manzur kelgan. Afsuski, qancha harakat qilsam ham tabiyat meni jismoniy imkoniyatlardan cheklagan edi. Shu sababli maydonda “miyaga” aylanishdan boshqa chora qolmadi. Men shu orqali katta futbolda jon saqlab qoldim.

O‘yin yoki Natija? Qay biri muhim?

Futbolni g‘alaba qozonish uchun oynashadi, biroq menimcha natija doimmo birinchi o‘rinda bo‘lishi mumkin emas. Birinchi navbatda futbolchilar o‘yindan rohat olishi va muxlislarga zavq ulashishi kerak. Natija doimmo yolg‘onchi bo‘ladi. Ba’zi o‘yinlarda zo‘r o‘ynab ham yutkazish mumkin. Ba’zan esa yomon o‘ynab ham g‘alaba qozonish hech gap emas.

O‘z orzusi haqida

Bu haqida takror va takror so‘zlashdan charchamayman. Men “Barselona”ni boshqarishni orzu qilaman va vaqti kelganida o‘z niyatimga yetishaman degan umiddaman. Hozircha Katoloniya klubining o‘z murabbiyi bor. Men esa, o‘z ish o‘

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 20:45, 17.01.2020.
O'qildi: 6983 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.