Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/09 00:30 Malaga 1-3 Vilyarreal
18/09 11:30 Filippin 0-2 Vyetnam
18/09 15:00 O‘zbekiston 2-0 Kuvayt
18/09 15:30 Saudiya Arabistoni 2-0 Qatar
18/09 23:45 Monsa 2-1 Sassuolo
19/09 00:00 Espanyol 1-3 Elche
19/09 00:00 Brentford 3-0 Chelsi
19/09 16:30 Tottenhem - Aston Villa
19/09 17:00 Osasuna - Rayo Valyekano
19/09 18:00 Mash’al - Paxtakor
19/09 18:00 Bolonya - Torino
19/09 18:00 Udineze - Kalyari
19/09 19:00 Brayton - Arsenal
19/09 19:00 Everton - Ipsvich
19/09 19:00 Nyukasl - Xall Siti
19/09 19:15 Atletik Bilbao - Alaves
19/09 20:15 Bunyodkor - Buxoro
19/09 21:00 Roma - Inter
19/09 21:30 Selta - Rasing
19/09 21:30 Nottingem Forest - Koventri Siti
19/09 23:45 Venetsiya - Lasio
20/09 00:00 Sevilya - Barselona
20/09 10:00 Eron - Xitoy
20/09 12:00 Gonkong - Tailand
20/09 15:00 KXDR - BAA
20/09 15:30 Fiorentina - Napoli
20/09 15:30 Yaponiya - Qirg‘iziston
20/09 17:00 Xetafe - Malaga
20/09 17:15 Andijon - Nasaf
20/09 18:00 Surxon - Qo‘qon-1912
20/09 18:00 Frozinone - Komo
20/09 18:00 Parma - Jenoa
20/09 18:00 Bornmut - Liverpul
20/09 18:00 Lids - Kristal Pelas
20/09 18:00 Manchester Siti - Sanderlend
20/09 19:00 So‘g‘diyona - OKMK
20/09 19:15 Atletiko - Real Madrid
20/09 19:30 Lokomotiv - Neftchi
20/09 20:30 Fulhem - Man. Yunayted
20/09 21:00 Yuventus - Atalanta
20/09 21:30 Deportivo - Betis
20/09 21:30 Vilyarreal - Levante
20/09 23:45 Milan - Lechche
21/09 00:00 Valensiya - Real Sosyedad

Lyubinko Drulovich: «Ishontira olamanki, ertaga barcha yigitlarlar o‘yinga shay bo‘lib tushishadi»

Lyubinko Drulovich: «Ishontira olamanki, ertaga barcha yigitlarlar o‘yinga shay bo‘lib tushishadi»

Baho:
+1 | -

Tailandda 23 yoshgacha futbolchilar o‘rtasida Osiyo chempionati o‘tkazilmoqda. Musobaqada ishtirok etayotgan O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi chorak finalda BAA bilan kuch sinashadi.

Mazkur bellashuvdan bir kun oldin jamoalar bosh murabbiylari o‘rtasida matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda olimpiya terma jamoamiz bosh murabbiyi Lyubinko Drulovich quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi. 

– Ertaga qiyin o‘yin kutib turibdi. 2 oy muqaddam bu jamoa bilan o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushib, 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan edik. Ammo bu umuman boshqa bosqich. Men yigitlarimga ishonaman. Barcha o‘yinlarimizni tahlil qilib chiqib ayta olamanki, biz bu to‘siqlardan o‘tib Olimpiada yo‘llanmasiga ega chiqamiz. Biz raqibga nisbatan 1 kun ko‘p dam olishga muvaffaq bo‘ldik. O‘ylaymanki, bu jihat ham bizga foyda beradi”.

– Siz musobaqaga amaldagi sovrinni himoya qilish uchun keldingiz. Tarkibda 2 yil muqaddam o‘ynaganlar ham bor. Ularning tajribasi qanchalik foyda bermoqda?

– Ha, ayni damda jamoadagi 8 nafar yigitimiz Xitoyda chempion bo‘lishgan edi. Ulardagi ulkan tajriba mana shunday katta musobaqalarda foyda beradi. Bu Osiyo chempionati Olimpiadaga yo‘llanma beradi. Shu bois ham jamoalar turnirga astoydil tayyorlangan. Bu oson bo‘lmaydi, lekin titulni himoya qilishga harakat qilamiz va bu yo‘lda olg‘a intilishda davom etamiz.

– Koreya bilan o‘yinda futbolchilarda charchoq alomati ko‘rinib turardi. Chorak final bahsiga ularni qanday tayyorlamoqdasiz?

– Aytib o‘tganimdek, bizda raqibga qaraganda 1 kun ko‘proq dam olish imkoni bor. Yana bir jihati guruh bosqichida bizga jiddiy va kuchli raqiblar duch kelishgan edi. Hozir murabbiylar shtabi futbolchilarni bo‘lajak bahsga tayyorlash bo‘yicha katta ish olib borimoqda. Ishontira olamanki, ertaga barcha yigitlarlar o‘yinga shay bo‘lib tushishadi. 

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 11:00, 18.01.2020.
O'qildi: 5588 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик