Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

"Yuventus"ning barcha zamonlardagi futbolchilaridan tashkil topgan ramziy jamoa

"Yuventus"ning barcha zamonlardagi futbolchilaridan tashkil topgan ramziy jamoa

Baho:
+ | -

Bu ish oson bo‘lgani yo‘q. Birinchidan klubning afsonasiga aylangan futbolchilar keragidan ortiq topilsa, ikkinchidan jamoaning muqim bir takik sxemasi mavjud emas. “Zebra”lar doimmo tarkibdan kelib chiqib taktika tanlashlariga o‘rganib qolishgan. Shu sababli, 4-3-3 sxemasiga murojaat etdik.

Darvozabon

Janluijji Buffon
 
Jamoaning 21 asrdagi chinakam timsoliga aylangan darvozabon haqli ravishda asosiy tarkibga kiritlmoqda. Boz ustiga, deyarli 20 yildan beri yuqori formani ushlab kelmoqda.

Himoyachilar

Shtefan Lixtshtayner (Shveysariya)

Qandaydir oddiyroq ko‘rinishi mumkin, biroq o‘ng qanot himoyachisi bajarishi kerak bo‘lgan barcha vazifani shvesariyalik futbolchi ortig‘I bilan uddalay olgan. Uning o‘z vaqtida klubni yoshlarga imkon berish uchun tark etganini ham unutmaslik kerak.


Gaetano Shirea (Italiya)

Bu himoyachi borasida hech kimda savollar qolmagani aniq. U nafaqat “Yuventus”ning balki, butun Italiya futbolining yetakchilardan biri sanaladi. Afsuski, u 36 yoshida klub skauti vazifasini o‘tayotgan chog‘ida avtohalokat sababli dunyodan ko‘z yumgan. Klub muxlislari uni hali-hamon yodga olishadi.


Djordjo Kyellini (Italiya)

Kyellini jamoa sardorligini qo‘lga kiritguniga qadar 13 yil sabr qilishiga to‘g‘ri kelgan. Boz ustiga jamoada to‘p surgan Klaudio Djentile, Chiro Ferrari va Serdjio Briodan so‘ng, katta sahnaga chiqish  istalgan himoyachining ham qo‘lidan kelvermaydi.

Antonio Kabrini (Italiya)  

Butun Italiya va dunyo futbolidagi eng kuchli chap qanot himoyachilaridan biri. 1982-yilda o‘tkazilgan mundial g‘olibi. Oltita “skudetto” egasi va 1985-yilgi YECHL g‘olibi. Umumiy hisobda 14 ta katta musobaqada g‘olib chiqqan himoyachi 20-asr so‘ngi arafasida “Yuventus”ning yuragi deb e’tirof etilgan.

Yarim himoyachilar

Djuzeppe Furino (Italiya)

Bu nuqtaga hujumlarni barbod qilishning ustasini tanladik. Qahramonimiz “Yuventus” sharafini 15 mavsum himoya qildi va 8 bor “A seriya” chempionligini qo‘lga kiritdi. Hozirgidan farqli o‘laroq bu musobaqaning saviyasi ancha yuqori bo‘lganini inobatga olsak, Furinoga qoyil qolmasdan ilojingiz yo‘q. Bundan tashqari, futbolchi jamoa libosida o‘yin o‘tkazish borasida (528 ta uchrashuv) 4-pog‘onada bormoqda.

Pavel Nedved (Chexiya)

Maydonda chinakam jangchiga aylanuvchi futbolchi uzoq yillar davomida “Yuventus” sharafini munosib himoya qilib keldi. Klubning 21 asrdagi qoqilishiga qaramay, oxirigacha jamoani yolg‘iz qoldirmadi. Kimsan Zidanni o‘rnini bosishni uddalagan futbolchi oldida shlyapamizni yechishimiz lozim.

Mishel Platini (Fransiya)

Futbol tarixidagi eng kuchli pleymeyker sifatida yodga olinuvchi Platini o‘zining eng gullagan davrlarini “Yuventus” uchun bag‘ishlagan futbolchilardan biri. Aynan shu jamoa safida qo‘lga kiritish mumkin bo‘lgan barcha sovrinlarni yutib olgan fransuz uch bora “oltin to‘p”ga loyiq ko‘rilgan. Yangi avlod uni asosan no‘noq rahbar sifatida yaxshi taniydi. Aslida Platini buyuk futbolchi bo‘lgan!

Alessandro Del Pyero (Italiya)

Jamoaning 20 asr so‘nggi va 21 asr boshidagi yetakchisi sifatida a’lohida e’tirof etiluvchi hujumchini bu tarkibga kiritmaslikka hech kim jur’at etmasligi aniq. Jamoa safida barchadan ko‘p maydonga tushgan (705 ta uchrashuv) Sandro jamoaning eng yaxshi to‘purari (290 ta gol) ham sanaladi. Yana savollar bormi?

Roberto Badjo (Italiya)

Aynan Badjo tufayli futbolning dunyo miqiyosida tutgan o‘rnida salmoqli o‘sish kuzatilgan desak, adashmagan bo‘lamiz. Italiya futbolining o‘rganilmagan durdonasi “Yuventus” safida beshta mavsumni o‘tkazganiga qaramay, o‘z hisboga 115 ta gol yozib qo‘yishni uddalagan. Uning maydonda ko‘rsatgan mo‘’jizasini bir bor ko‘zi bilan ko‘rgan muxlislar uchun zerikarli  statiskik ma’lumotlarga xojat yo‘q.

Djampyero Boniperti (Italiya)

Bu hujumchi o‘z faoliyati davomida “Yuventus”dan boshqa jamoada to‘p surishni istamadi. Klub libosida 15 ta mavsumni o‘tkazganidan so‘ng, deyarli yarm asr davomida jamoaning eng yaxshi to‘purari (182) maqomini hech kimga bergani yo‘q. 20 asrning o‘rtalarida “Yuventus” tomonidan shakillangan hujum uchligi: Boniperti, Sivori va Charlz o‘z davrida to‘xtatib bo‘lmas kuchga aylangan edi.

Murabbiylar

Djovanni Trapattoni i Marchello Lippi (ikkisi ham — Italiyadan)


Bu murabbiylar birgalikda “Yuventus” uchun 27 ta sovrin yutib berishga muvaffaq bo‘lishgan. Turin super klubini umumiy hisobda 21 yil boshqargan murabbiylardan birni ajratib ko‘rsatishning iloji yo‘q. Shu sababli, Italiya murabbiylar maktabining omadli bitiruvchilaridan ikkitasi ramziy jamoa boshqaruviga loyiq deb topildi.

Manba: Soccer.ru
Kiritildi: 18:39, 18.01.2020.
O'qildi: 7756 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.