Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem 1-0 Aston Villa
25/04 17:00 Alaves 2-1 Malyorka
25/04 18:00 Parma 1-0 Piza
25/04 19:00 Liverpul 3-1 Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem 2-1 Everton
25/04 19:00 Vulverhempton 0-1 Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe 0-2 Barselona
25/04 21:00 Bolonya 0-2 Roma
25/04 21:30 Arsenal 1-0 Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya 2-1 Jirona
25/04 23:45 Verona 0-0 Lechche
26/04 00:00 Atletiko 3-2 Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta
27/04 21:30 Kalyari - Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante

Ro‘ziqul Berdiyev va Vadim Abramov O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi bilan uchrashdi

Ro‘ziqul Berdiyev va Vadim Abramov O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi bilan uchrashdi

Baho:
+ | -

Xabar berganimizdek, Tailandda o‘tayotgan futbol bo‘yicha U-23 Osiyo chempionatida terma jamoamizni qo‘llab-quvvatlash uchun taniqli murabbiylarimiz Ro‘ziqul Berdiyev hamda Vadim Abramov bugun Tailandga yetib kelishdi. Har ikki mutaxassis biroz avval terma jamoamiz vakillari bilan uchrashib, ularni ruhlantirdilar.

“Yigitlar, biz Toshkentda barcha o‘yiningizni ko‘rib turdik. Ha, Koreyaga qarshi o‘yin qiyin bo‘ldi. Lekin musobaqani kuzatib borayotgan mutaxassis sifatida shuni ayta olamanki, boshqa hech bir jamoaning Sizlardan ustun joyi yo‘q. Janob Drulovich yaxshi murabbiy. Ishonamizki, bu kishidagi bor tajriba Sizlarni kerakli natijaga erishishingiz uchun yetarli. Buyog‘iga har bir raqibni “yanchib” tashlash kerak. Nasib qilsa, Koreyadan finalda revansh olamiz”, – dedi “Nasaf” bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev.

“Barchangizning imkoniyatingizni yaxshi bilamiz. Sizlar o‘zbek futboli tarixida yangi sahifa ochishga juda yaqin turibsizlar. Buyog‘iga ham bo‘shashmasdan faqat olg‘a harakat qilish kerak. Uyda ota-onangiz va xalqimiz Sizlardan g‘alaba kutishmoqda”, – dedi O‘zbekiston MTJ va “Bunyodkor” klubi bosh murabbiyi Vadim Abramov.

Ta’kidlash joiz, murabbiylar ertaga terma jamoamizning BAAga qarshi bahsi oldidan yigitlarni qo‘llab-quvvatlash uchun kelishgan va Lyubinko Drulovich boshchiligidagi murabbiylar shtabining faoliyatiga aslo halal berishmaydi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 22:47, 18.01.2020.
O'qildi: 7685 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик