Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya

Davron Fayziyev: «40 sekund xronologiyasi»

Davron Fayziyev: «40 sekund xronologiyasi»

Baho:
+ | -

Avval aytganimdek Serrone jangni kechki raundlarga cho‘zishi kerak edi. Shu sababli u passiv boshladi. Konorning boshlang‘ich shturmi paytda, ya’ni sel yoki do‘l yoqqanda panaga o‘tib kutib turish edi uning vazifasi. Faqat bir muammo chiqib qoldi. MakGregor 3 yil g‘alabasiz yashagach qattiq “o‘qlanib” chiqibti. Sel va do‘l emas, asteroid atmosferaga yorib kirgandek Serronening himoya zonasiga uchib bordi.

Hatto Aldoga qarshi 13 sekundli g‘alabada ham Konor bunchalik shiddat bilan start olmagandi. Aksincha, Aldoni kontr xujumda ushlagan. Bu yerda esa darhol start, birinchi kross, tegmadi.  Keyin klinch, yelkada xujum, uchta zarba va Kovboy talofat oldi.

Burni sindi, masofaga qochdi. O‘zining sevimli o‘ng oyoq xaykikini ijro etdi. Konor blokladi.
Ketidan Konordan chap xaykik oyoq bilan Kovboyning chag‘iga aniq. Ana o‘sha payt Serrone suzishni boshladi. Uyog‘iga Konor odatda g‘alabani chiqarmaydi. Kovboy passiv himoyada edi. MakGregor esa bosh qismiga bittama bitta zarbalarini mixdek qoqib chiqdi. Referi Xyorb Din ozgina vaqt berdi Serronega, lekin foydasiz ekanligini tushundi.

Konor MakGregor 77 kgda g‘alaba qozondi. Agar bu vaznda qolsa BMF kamari uchun Masvidal bilan, yoki asosiy chempionlik uchun Usman bilan jang qilishi mumkin. Yengil toifaga qaytsa u yerda Habib quchoq ochib kutib oladi, faqat u quchoqdan sog‘ holatda chiqish muammoligini biladi. Ko‘ramiz, kuzatamiz.

Manba: Даврон Файзиев телеграм канали
Kiritildi: 10:50, 19.01.2020.
O'qildi: 5465 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.