Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/07 02:00 Norvegiya 1-2 Angliya
12/07 06:00 Argentina 3-1 Shveysariya
14/07 23:59 Fransiya - Ispaniya

«Chelsi» yarim himoyachi transferi bo‘yicha «Real» bilan bog‘landi

«Chelsi» yarim himoyachi transferi bo‘yicha «Real» bilan bog‘landi

Baho:
+ | -

Londonning «Chelsi» klubi yarim himoyachi Eduardu Kamavingani o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini muhokama qilish uchun Madridning «Real» klubi bilan bog‘landi. Bu haqda El Nacional xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, 23 yoshli futbolchining transferiga «Chelsi» bosh murabbiyi Xabi Alonso shaxsan qiziqish bildirmoqda. Transfermarkt portali futbolchini 50 million yevroga baholamoqda, biroq ispan klubi 80 million yevrolik taklifni ko‘rib chiqishga tayyor. Transfer bo‘yicha yakuniy qaror yarim himoyachining o‘ziga bog‘liq bo‘ladi.

2025/2026 yilgi mavsumda Kamavinga barcha musobaqalarda 43 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.

Kiritildi: 17:52, 12.07.2026.
O'qildi: 2095 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик