Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Bizdagi ustunlik

Bizdagi ustunlik

Baho:
+ | -

Bugun olimpiya terma jamoamiz o‘zbek futbolida yangi sahifa ochish arafasida turibdi. Darhaqiqat, Drulovich boshchiligidagi jamoamizning raqibi chakki emas, biroq agar yigitlar hayajonni yengib o‘tishsa, final chiptasini qo‘lga kiritishlariga ishonchim komil.

Erta tongdan barcha nashrlar va futbol saytlari raqibimizning nimalarga qodir ekanligi haqida ma’lumot berishdan charchashmyapti. To‘g‘ri, Saudiya Arabistoni kuchli jamoa lekin, bizda ularda yo‘q joker qarta mavjud ekanligini ko‘pchilik unutib qo‘ymoqda…

Arablar tabiatan sovuqqon insonlar hisoblanadi. Saudiya ham shular jumlasidan. Jamoa murabbiyi o‘yin davomida asosiy urg‘uni tartib va intizomli futbolga bermoqda. Bugungi uchrashuvda ham Saudiya Arabistoni katta ehtimol bilan o‘z o‘yinidan voz kechmaydi. Bizning yigitlar esa, ular singari tartibli bo‘lmasligi mumkin, lekin g‘alabaning asosiy omil bo‘lmish futboldagi “azart” (shavq, zavq, yurakdan harakat qilish) olimpiyachilarimiz tomonida. Ishonavering ular tomonidan! Shu faktor barchaning nazaridan chetda qolmoqda. Balki shunisi yaxshiroqdir. Yaxshisi hammasini maydonda ko‘rsatganimiz ma’qul. Raqibimiz qanchalar kuchli bo‘lmasin, g‘alabaga ko‘proq haris bo‘lsak marra bizniki. Yuraklaringizda yonib turgan o‘tni maydonga tashlang yigitlar. Istanbuldagi YECHL finali yodingizdami? Alamli mag‘lubiyatdan so‘ng, “Milan” ustozi Karlo Anchelotti “Liverpul” bugun bizdan ko‘ra ko‘proq g‘olib bo‘lishni istadi.”,- degan edi. Bugun olimpiyachilarimiz yurakdan o‘ynab berishlari kerak. Ulardan boshqa hech narsa talab etilmaydi

Hayot-mamot uchrashuvi maqomida ko‘rilayotgan bahs oldidan jamoamiz yigitlariga kichkinagina iltimosimiz bor. Iltimos hech kimni tinglamang, hech kimga e’tibor qaratmang va hech narsani o‘ylamang. Bu uchrashuv hayot yo‘lingizdagi sinovlardan biri. Uni yurakdagi ishtiyoq, qalbdagi sokinlik va ruhan tetiklik bilan yengib o‘ting. Bu ish qo‘lingizdan keladi. Har qanday omadsizliklar bir kun o‘z yakuniga yetishi kerak. Terma jamoamiz, olimpiya jamoamizning katta arenalardan qolib ketishi ham bir kun barham topadi. Hech narsa abadiy emas. Shunday ekan, hayotingizdagi eng muhim 90 daqiqani shunday o‘tkazingki, oradan bir necha o‘n yillar o‘tib nabiralaringizga aytib berish uchun gozal hikoyangiz bo‘lsin.

Y . U

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 13:51, 22.01.2020.
O'qildi: 2905 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.