Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Lyubinko Drulovich: «O‘zbek futbolchilari o‘z ustilaridan ishlashdan to‘xtab qolmasliklari kerak»

Lyubinko Drulovich: «O‘zbek futbolchilari o‘z ustilaridan ishlashdan to‘xtab qolmasliklari kerak»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Lyubinko Drulovich bilan matbuot  anjumani o‘tkazildi.

— Tailandda bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatiga hal qiluvchi tayyorgarlikni Toshkentda boshlagan edik. Shundan so‘ng BAAga yo‘l olib, u yerda bir nechta o‘rtoqlik o‘yinlarini o‘tkazdik. Musobaqaga yaxshi tayyorlandik. Turnirga tayyor edik. Nazarimda, musobaqani yomon o‘tkazmadik, ayniqsa, guruh bosqichini. Biz musobaqada qiyin guruhga tushgan edik. Janubiy Koreya turnir g‘olibiga aylanib, musobaqadagi eng kuchli jamoa ekanini isbotladi. Noyabr oyida bu jamoaga qarshi ikkita o‘yin o‘tkazgandik va o‘shanda ham koreyslar yaxshi jamoa ekani ma’lum bo‘lgandi.

Chorak finalda chiroyli o‘yin ko‘rsatib, muxlislarni xursand qildik, deb o‘ylayman. Saudiyaga qarshi o‘yinni nima deb tushuntirishga hayronman. Yaxshi o‘ynab turib o‘yin so‘ngida gol o‘tkazib yubordik. Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun bizda yana bir imkoniyat bor edi. Avstraliyaga qarshi o‘yin ham yarim final o‘yiniga o‘xshash bo‘ldi. Bozorovning qizil kartochkasiga qaramay, biz hujum qilishga harakat qildik.

— Nima uchun musobaqa davomida faqat 12 nafar futbolchining xizmatidan foydalandingiz? Qisqa muddatli musobaqada futbolchilar 6ta o‘yinda maydonga tushib, charchab qolishgan edi.
— Ahamiyat bergan bo‘lsangiz, musobaqada faqat Koreyagina katta rotasiyani amalga oshirib bordi. Qolgan jamoalar asosan boshlang‘ich tarkib bilan ishtirok etdi. Bir tarkib bilan o‘ynash esa mening tanlovim edi.

— Faqat Koreya emas, Avstraliya ham deyarli barcha futbolchilar xizmatidan foydalandi. Zaxirada qolgan o‘yinlar maydonga tushmasligini bilganidan keyin ular tushkunlikka tushib qolishmaydimi?
— Ular professional. Professional jamoada murabbiyning qarori hurmat qilinadi.

— Musobaqadagi qaysi xato sizning aybingiz bilan yuz berdi, deb o‘ylaysiz?
— Qanday javob berishga ham hayronman. Statistikaga qaraydigan bo‘lsak, musobaqadagi eng yaxshi jamoalardan biri bo‘ldik. Biz hujumkor o‘yin ko‘rsatdik. Biz bir yil davomida 30ta o‘yin o‘tkazib, ularning 27tasida albatta gol urdik. Gol urilmagan 2ta bahs so‘nggi o‘yinlarimizga to‘g‘ri keldi. Maqsad erisha olmaganimizning asosiy sababi — kerakli o‘yinlarda gol ura olmaganimiz bo‘ldi. O‘yinning bosimi bunga xalal berdi, shekilli. Saudiya va Avstraliya bilan uchrashuvlarda yomon harakat qilmagan edik.

— Musobaqaga eng kuchli futbolchilarni olib bordim, deb ayta olasizmi?
— O‘zimiz eng munosib deb bilgan 23 nafar futbolchini OCHga olib ketdik. "Nasaf"dan taklif qilingan 9 nafar futbolchi o‘z klubi safida doimiy o‘yin amaliyotiga ega bo‘lgan futbolchilar edi. O‘zbekiston klublarida yaxshi futbolchilar bor. O‘zbekistonda yosh futbolchilarni tarbiyalash yaxshi yo‘l qo‘yilgan deb ayta olaman. 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilarning o‘z klubi safida majburiy qilib qo‘yilgan talab o‘yinchilar uchun foydali bo‘ldi deb hisoblayman. Ertaga O‘FA bilan tuzilgan shartnomam yakuniga yetadi va biz uni uzaytirmaslikka qaror qildik.

— Avvalgi ishlagan jamoalaringizdagi futbolchilar bilan O‘zbekistondagi futbolchilar o‘rtasidagi asosiy farq nimada deb o‘ylaysiz?
— O‘zbekistonda iqtidorli futbolchilar ko‘p. Ayniqsa, yosh futbolchilar katta salohiyatga ega. Ular o‘z ustilarida ishlashni to‘xtatmasliklari kerak. Ishlaganda ham maksimum kuch bilan ishlashlari kerak. O‘zbek futbolchilari mashg‘ulotlarda taktika ustida yaxshi ishlashadi. Jismoniy jihatdan ham musobaqada yomon ko‘rinmadik. Birga ishlagan shogirdlarimdan xursandman.

— Millionlab xalqimiz kutgan natijaga erishilmadi. Balki ketish oldidan muxlislarimizdan uzr so‘rashingiz kerakdir?
— O‘zbekiston xalqi va muxlislarga minnatdorlik bildiraman. So‘nggi 2ta o‘yinda ular bizni qo‘llab-quvvatlab turishdi. Buni his qilgan futbolchilar ham musobaqada borini berib o‘ynashdi. Afsuski, oldimizga qo‘yilgan maqsadga erisha olmadik. Uchta yo‘llanma berilgan turnirda to‘rtinchi olganimiz dilimizni vayron qildi. Safimizda yaxshi futbolchilar yig‘ilgan. Ular kelajakda yaxshi natijalarga erishishlari kerak. Men O‘zbekiston futbol assosiasiyasiga minnatdorlik bildiraman. Hamkorlikda yaxshi ishladik deb o‘ylayman. Bizning faoliyatimizni yoritib borgan OAVga minnatdorchilik bildiraman.

— Qaysi qobiliyatiga qarab Islom Qobilov jamoa sardori etib tayinlangan edi?
— U jamoa yetakchii, haqiqiy lideri. To‘g‘ri, ba’zida individual xatolar bo‘lib turadi.

— O‘zbekiston olimpiya terma jamoasidagi faoliyatingizdan qoniqish hosil qildingizmi?
— O‘zbekistondagi faoliyatimda ko‘nglim to‘ldi va to‘lmadi deb aytishim mumkin. Birinchidan, biz samarali faoliyat olib bordim. Qaysidir o‘yinchiga nimadir bera oldim. Jumladan, shu paytgacha olimpiya terma jamoasiga chaqirilmagan Oybek Bozorovni musobaqaga olib bordim. U turnirda yorqin o‘yin namoyish qilgan futbolchilardan biri bo‘ldi. U milliy terma jamoada o‘zini ko‘rsata oladi deb o‘ylayman. Biz olimpiadaga munosib edik. Ammo futbolda omad degan narsa ham bor. U ba’zida hal qiluvchi omilga aylanadi.

— Nima deb o‘ylaysiz, nima uchun xorijlik murabbiylar ham O‘zbekistonda kerakli natijaga erisha olmayapti? Avval Kuper, endi esa Siz...
— Qiyin savol. Ayni paytda hamma jamoa eng yaxshi bo‘lishga harakat qiladi va raqobat yuzaga keladi. O‘zbekistonda harakatni to‘xtatmagan holda raqobatbardosh bo‘lishda intilishi kerak. Raqiblar qanchalik yaxshi tayyorlansa, O‘zbekistondagi barcha futbolchilar, murabbiylar va barcha-barcha imkoniyatdan ko‘proq harakat qilish kerak. Yana bir narsa: O‘zbekiston chempionati darajasi, masalan, Koreya chempionati darajasidan pastroq bo‘lishi mumkin. Bu ham ta’sir ko‘rsatadi. Umuman olganda, futbol ichidagi barcha-barcha ishlashdan to‘xtab qolmasdan, o‘z imkoniyatidan ham ko‘proq ishlashda davom etishi kerak.

— So‘nggi hal qiluvchi o‘yinlarda bizga nima yetishmayaptiki, yutqazib qo‘yyapmiz. Balki bizga ko‘rinmagan nimanidir siz aniqlagandirsiz?
— Faoliyatim davomida ko‘rdimki, rostdan ham o‘zbek jamoalari hal qiluvchi o‘yinlarda yutqazib qo‘ymoqda. Masalan, olimpiya terma jamosida ham barcha narsani futbolchilarga to‘liq tushuntirishga harakat qilyapmiz. Ammo eng kerakli pallada bosim tufayli bo‘lsa kerak, o‘yinchilar xatoga yo‘l qo‘yishdi. Bu ham sabablardan biri, ammo yana boshqa sabab ham bo‘lishi mumkin.

— Biz musobaqada 6ta o‘yinning 3tasida yutqazdik, faqat o‘zimizdan kuchsizroq bo‘lgan ikkita jamoani yutdik. Tayyorgarlik jarayonida balki qandaydir xatolarga yo‘l qo‘ygandirsiz?
— Muvaffaqiyatsizlikdagi mas’uliyatni murabbiy sifatida o‘z zimmamga olaman. Musobaqada asosan kichik hisoblar qayd etildi. Kim birinchi gol urgan bo‘lsa, o‘sha g‘alaba qozondi. Masalan, Saudiya bilan o‘yinda rekoshet tufayli gol o‘tkazdik. Ammo biz shuncha harakat qilgan bo‘lsak-da, so‘nggi ikkita o‘yinda esa gol ura olmadik. Kichik detallar ko‘p narsa hal qildi.

Olimpiya terma jamoasidagi yigitlardan Husniddin Aliqulovning kelajagi porloq deb ayta olaman. Shuningdek, asosiy darvozabonimiz jarohat olgani sababli, uning o‘rniga yosh Abduvohid Ne’matovni qo‘yishga qaror qildik. U ham katta tajriba to‘pladi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 11:44, 30.01.2020.
O'qildi: 7152 marta.
Fikrlar: 22 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.