Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Baho:
+ | -
Bo'lim:
Rukn: Yangiliklar

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

Beyl ketadimi?

“Real Madrid” bosh murabbiyi Zayniddin Zidan jamoaning uyelslik vingeri Garet Beylning transferi borasida fikr bildirdi. Beylning qishki transferlar chog‘ida “Tottenhem”ga o‘tishi haqidagi mish-mishlarning avj olgani bois, Zidan vaziyatga oydinlik kiritdi.

“U hali ham biz bilan ekan, demak unga ehtiyojimiz bor. Men undan jamoa uchun foydalanishda davom etmoqchiman.”- deydi murabbiyi Marca nashriga bergan intervyusida.

 

“Sheffild” yana bir transferni amalga oshirishi mumkin

Angliyaning “Sheffild” klubi qishki transferlar chog‘ida yana bir transferni amalga oshirishi mumkin. Bu haqida “Mirror” nashri ma’lum qilmoqda.

Klub nishonida “Bayer” jamoasi himoyachisi Panayotis Resos turibdi. APL jamoasi 21 yoshli futbolchi uchun 10 million yevro atrofida taklif qilishni mo‘ljallashmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Panayotis Resos nemis klubi safiga 2017-yilda kelib qo‘shilgan vas hu kunga qadar 27 ta o‘yinda ishtirok etgan.

PSJ Kavani serialiga nuqta qo‘ydi

Parijning PSJ jamoasi hujumchisi Edinson Kavani qishda jamoani tayek etmaydigan bo‘ldi. Bu haqida “L'equipe” nashri xabar bermqoda. Manbaning ma’lum qilishicha, klub urugvaylik hujumchining transferidan butkul bosh tortgan va uni mavsum so‘nggiga qadar klubda olib qoladi.

Futbolchi qishda “Atletiko” safiga borib qo‘shilishi kutilgan edi, biroq “matraschilar” Lemarni sotishni uddalay olmagach, Kavanining transferidan voz kechishga majbur bo‘lishdi.

“Barselona”ga hech kim kerak emas

“Katoloniyaning “Barselona” jamoasi qishki transferlar chog‘ida jarohat olgan Luis Suaresning o‘rnini bosishga qodir hujumchini xarid qilishi haqida ma’lumotlar mavjud edi, biroq Kataloniya klubi sport direktori Gilernmo Amor barchasi boshqacharoq ko‘rnish olganini ma’lum qildi.

Uning fikriga ko‘ra, jamoa qishki transferlar chog‘ida hech qanday futbolchini xarid qilmaydi va bor e’tibor jamoadagi futbolchilarga qaratiladi.”,-deb xabar bermoqda AS nashri.

Ayni damda, jamoaning yangi murabbiyi qo‘l ostida 4 hujumchi qoldi. Grizman, Messi, Fati va ijaradan qaytgan Arda Turan qoldi.

Mertensning narxi ma’lum

Belgiyalik futoblchining qishda jamoani takr etishi tobora haqiqatdan yiroqlashib bormoqda. Gap shundaki, “Napoli” o‘z futbolchisini necha pulga qo‘yib yuborishini ma’lum qildi.

Sports.es nashrining ma’lum qilishicha, De Laurentis Drisni qo‘lga kiritishni istagan jamoalardan 47 million yevro talab qilmoqda. Bu summa uni qo‘lga kiritishni istagan “Chelsi” uchun qimmatlik qilishi aniq.

6 oydan so‘ng, erkin agentga ayalanishi kutilgan futbolchini uchun birorta jamoa sal kam 50 million yevro to‘lamaydi. Shu sababli, “Chelsi” Mertensni erin agent sifatida qo‘lga kiritish bo‘yicha ishlarni boshlab yubordi.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 18:34, 31.01.2020.
O'qildi: 7112 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.