Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/04 19:00 Neftchi 0-1 Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro 2-0 Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko

Xayrulla Hamidov maqolasi: Tanaffusdan so‘ng...

Xayrulla Hamidov maqolasi: Tanaffusdan so‘ng...

Baho:
+1 | -

Nechanchi o‘yinki ikkinchi bo‘limni o‘zgartirib yuborishi bilan Zidan bahsni saqlab qolyapti. Birinchi bo‘limdagi "Real" va tanaffusdan keyingi "Real" - katta farq. Ko‘rdingiz, a!

Zidan avvalo shogirdlarining holatini tushunib yetmoqda. "Atletiko" tanaffusga qadar o‘yinni nima uchun nazorat qila olganini tahlil qila olyapti va 46-daqiqani ikki vinger bilan boshlamoqda.

Markazdan hech ham ma’nili qarorlar ulasha olmagan Isko va Kross olinib, o‘rniga Lukas va Junior tushirildi (o‘sha payti uzoqroq planda Simeone ko‘zlarini qisgancha qarab turgani e’tiborimni tortdi).
 
Qirollik klubi qanotdan uyushtirilgan hujumlari evaziga raqibni sochib yubordi. Ayniqsa, ikki yildan beri o‘ynamayotgan Vrsalkoning muammolari shundan so‘ng yuzaga chiqdi.

Mendi+Vinisius Benzemaga yuviler uzatma taqdim etishdiki, Karim nihoyat gol urdi. "Valensiya"ga urilgan o‘sha 95-daqiqadagi golidan so‘ng u tabloda porlamayotgandi.

Gap golda emas, Benzema nima uchun o‘sha joyda paydo bo‘ldi? Sababi oddiy - qanot futbolchilari o‘yinni zimmalariga olishdi va nominal hujumchi o‘z ishini bajarishga tushdi.

Zidan yaqinda xuddi shunday og‘ir bo‘limdan so‘ng Kazemironi hujumga chiqarib, Lopetegini dog‘da qoldirgandi.

Keyin "Valyadolid" burchak zarbasidan gol qabul qildi. Xarakter qutqarib qoldi, dersiz, yo‘q, faqat xarakter emas. Sal oldinroq Nachoga alohida ko‘rsatma bo‘lganini ispaniyalik hamkasblarimiz izlab topishgan.

Zidan har o‘yinga yangi nedir ulashmoqda. Taktik o‘zgarishlari ish berib yengib olyapti.

Menimcha, fransiyalik maestroga Setyenning tashrifi boshqacharoq ta’sir o‘tkazgan ko‘rinadi. "Barselona"ga taktik qarashlari kuchli murabbiy keldi, bunday payt hamma Madrid tomonlarga qaraydi, Zidan nima qilarkan, deyishadi.  Murabbiyona qarashlari qo‘zg‘ab ketdi, shekilli...

Xullas, imzo yaqqol ko‘zga tashlanyapti.

Oldingi o‘yin bilan solishtirganimizda, faqat bir o‘xshashlik bor -  Valverde o‘yinning eng yaxshisi. Bo‘ldi.

Xayrulla Hamidov.

Manba: https://t.me/x_hamidov
Kiritildi: 00:04, 02.02.2020.
O'qildi: 7228 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик