Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis

Superligada super o‘yinlar bo‘ladimi?

Superligada super o‘yinlar bo‘ladimi?

Baho:
+1 | -

Start yaqinlashmoqda. Yana ozgina va BOOM ! Superliga o‘yinlari boshlanadi.

O‘zbek futbol shinavandalari intiqib kutayotgan joriy mavsum bahslari, qarama-qarshiliklari qanchalik intrigaga boy bo‘ladi?  Bu borada  Superliga jamoalari qay darajada faollik ko‘rsatishadi?

Bugungi qur’a natijasida hosil bo‘lgan juftliklar orasida shiddatni taqdim eta oladiganlari qaysilar? Hozircha, bu savollarga asosli javob berib bo‘lmasa-da, jamoalarning imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda ayrim mulohazalarni yuritish mumkin.

Dastlabki  turdanoq  “Paxtakor” – “Navbahor”, “Surxon” – “Bunyodkor” jamoalarining to‘qnash kelishi shiddatli uchrashuvlarning  debochasi sifatida qayd etilishi mumkin. Qolaversa, joriy mavsumdan yana elitada ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritgan Muborakning “Mash’al” hamda o‘tgan yili kuchli uchlik jamoalariga yetarlicha boshog’riq bo‘lgan Jizzaxning “So‘g‘diyona”si o‘rtasidagi bellashuv ham diqqat markazimizda bo‘ladi. Ammo ayrim jamoalarning uy maydonlari turli sabablarga ko‘ra musobaqaning dastlabki turlarini qabul qila olmasliklari biroz ko‘ngilni xira qiladi. Xususan, “Buxoro” futbol klubining maydon chimi almashtirilayotganligi sababli, jamoa o‘z o‘yinlarini boshqa stadionda o‘tkazadi. Albatta, o‘yingoh holatining yaxshilanishi kelajakda jamoa manfaatiga xizmat qilsa-da, ayni paytda buxorolik ishqibozlar uchun noqulayliklar keltirib chiqaradi.

Kubok o‘yinlarining finali mezbonligi nihoyat,  poytaxtdan boshqa hududga ko‘chgani esa albatta, futbolimiz geografiyasida o‘ziga xos kengayishni keltirib chiqaradi. Qur’a uchun tanlangan uchta shahar ham juda munosib tarzda  nominatsiyaga qo‘yilgan. Namangan, Jizzax, Qarshi. Darhaqiqat, ushbu uchta shahar o‘tgan mavsumda futbol bilan yashadi, vodiy viloyatining qur’a natijasida tanlanishi har tomonlama adolatli bo‘lganligini ayta olamiz.

Qur’a jarayonida ma’lum bo‘ldiki, joriy yilda ham Superliga bahslariga “Coca Cola” kompaniyasi bosh homiy sifatida hamkor bo‘larkan. Umid qilamizki, mavsum arafasida yana qator tashkilotlar o‘z homiyliklarini taklif qiladilar, jamoalarimiz ham marketing tizimini mukammal tarzda yo’lga qo‘yishadi va undan samarali foydalanishadi. Zero, raqobatbardosh jamoalarning soni yanada ortsa, klublarning moliyaviy holati yaxshilansa, eng asosiysi, boqimandalikdan va hokimiyatlarning tasarrufidan chiqib ketishsa, “bir-ikki yillik” jamoalar o‘z-o‘zidan barqaror klublarga aylanarmidi? To‘g‘ri, bu hozirning o‘zida amalga oshishi qiyin, ammo qiyin narsani osonlashtirsa bo‘ladi. Osonlashtirishga esa shaffoflik bilan erishish mumkin. Maqsadimiz, shaffoflik futbolimizning mudom hilpirab turuvchi yalovi bo‘lsin !

Erkin Sodiqov

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 06:58, 09.02.2020.
O'qildi: 6688 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик