Ispaniyaning "Valensiya" klubi bosh murabbiyi Albert Selades YECHL doirasida "Atalanta" (1:4) klubidan qabul qilib olingan mag‘lubiyatdan keyingi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Javob o‘yiniga imkon qadar yaxshiroq tiklanish uchun harakat qilamiz. O‘z maydonimizda, o‘z muxlislarimiz ko‘z o‘ngida kuchli o‘yin namoyish etamiz. Qayd etilgan natija namoyish etgan o‘yinimizga mos emas.
Ushbu mag‘lubiyatni qabul qilish qiyin, lekin javob o‘yiniga tayyor bo‘lamiz. O‘ylaymanki, ikkinchi o‘yinda g‘alaba qozonish uchun mo‘’jiza yaratishimiz shart emas.
Ikki bo‘limda ham yetarlicha vaziyatlar sodir etdik. Mubolag‘asiz aytaman, uch yoki to‘rtta gol kiritishga yaqin keldik.
Ular darvozasiga juda ko‘p zarba yo‘lladik, lekin biz o‘z sovg‘alarimiz uchun emas, yuzaga keltirgan vaziyatlarimizdan foydalana olmaganimiz uchun yutqazdik", - murabbiyning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda UYEFA sayti.